Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Aston Villa" o‘z logotipiga o‘zgartirish kiritdi (foto)

"Aston Villa" o‘z logotipiga o‘zgartirish kiritdi (foto)

Baho:
+ | -

Birmingemning "Aston Villa" klubi o‘zining 150 yilligiga bag‘ishlangan yangi emblemasini taqdim etdi.

Klub dumaloq dizayndan voz kechib, markazda sher tasvirlangan qalqonga qaytishga qaror qildi. Biroq, endi logotipning pastki qismidagi qisqartma o‘rniga jamoaning to‘liq nomi ko‘rsatilgan.

Sherning sariq rangi ham qaytarildi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Unai Emeri boshchiligida "Aston Villa" Premyer-ligada to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi.

Bu villaliklarga kelasi mavsumda UEFA Chempionlar ligasida qatnashish huquqini berdi. Konferensiyalar ligasida Birmingem klubi yarim finalga chiqdi va u yerda "Olimpiakos" jamoasiga yutqazdi.

Kiritildi: 20:36, 01.06.2024.
O'qildi: 1451 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик