"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich yana bir mavsum Madrid klubida qoladi.
"Keyingi mavsumda ko‘rishguncha, Madridistlar", - dedi Modrich jamoa muxlislariga murojaatida.
Avvalroq "Real" 38 yoshli xorvatiyalik futbolchi bilan bir yillik shartnoma borasida kelishib olgani haqida xabar berilgandi.