"Barselona" sardori Serxi Roberto yozda jamoani tark etishni o‘ylamoqda, deya xabar beradi ishonchli jurnalist Matteo Moretto.
Yarim himoyachi klubdagi faoliyatini yakunlashga yaqin turibdi. Xavi Robertoning klubda qolishini ta’kidladi, ammo uning ishdan bo‘shatilishi rahbariyatning rejalarini o‘zgartirdi.
Serxining "Barsa" bilan shartnomasi shu yozda tugaydi va u erkin agent sifatida ketishi mumkin. Futbolchi allaqachon boshqa klublar takliflarini ko‘rmoqda.
Roberto har doim ham maydonga tushmasa-da, u klubning sodiq vakili bo‘lib, 11 yilni asosiy tarkibda o‘tkazdi. U hozirda "Barselona"da eng uzoq vaqt to‘p tepgan futbolchi hisoblanadi.