Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Kyezaga da’vogar klublar qaysi?

Kyezaga da’vogar klublar qaysi?

Baho:
+ | -

"Yuventus" yozda Federiko Kyezani sotishga tayyor.

Football Italia Correia Dello Sport nashriga tayanib xabar berishicha, Kyeza bilan shartnomani uzaytirish muzokaralari muvaffaqiyatsiz kechgan - xabarlarga ko‘ra, "Yuventus" maoshini kamaytirish bilan 2 yillik shartnoma taklif qilgan, yarim himoyachi va uning agenti Fali Ramadani esa buni qabul qilmagan.

Shu bilan birga, “Yuventus” Kyezaning kelajagi bilan bog‘liq muammoni kelasi mavsum boshlanishidan oldin hal qilmoqchi – turinliklar futbolchini kelasi yozda, amaldagi shartnomasi tugashi bilan tekinga qo‘yib yuborishni istamayapti. Shu munosabat bilan “byankonerilar” Kyezani shu yozda 25 million yevroga sotishga tayyor. Ayni damda Federikoga "Roma" va Premyer-liganing bir qancha klublari qiziqish bildirmoqda.

O‘tgan mavsumda Kyeza “Yuventus” safida A Seriyada 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:06, 03.06.2024.
O'qildi: 650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик