Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Masharipov: "Bunday tarixiy holatlar kamdan kam bo‘ladi"

Masharipov: "Bunday tarixiy holatlar kamdan kam bo‘ladi"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

JCH-2026 saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Turkmaniston (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida...

"O‘zbekistonni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yindan oldin ham aytgan aytganimdek, vazifani bajargan bo‘lsak ham, Turkmanistonni o‘z maydonimizda mag‘lub etishimiz kerak edi. Barcha futbolchilar o‘z klubida yaxshi o‘ynashmoqda va ishonchli g‘alabaga erishdik deb o‘ylayman.

- Olimpiadaga borish niyatingiz bormi? Agar turnirga borish istagi bo‘lsa, klubingiz ruxsat berishi mumkinmi?

- O‘FAdan klubimga xat yuborishibdi, Olimpiadaga olib borishimiz mumkin degan ma’noda. Olimpiadada o‘ynash imkoniyati har doim ham bo‘lavermaydi, masalan, uchrashuvlar PSJni uy stadionida bo‘larkan. Bunday tarixiy holatlar kamdan kam bo‘ladi, xuddi men Ronaldu bilan birga o‘ynaganim kabi. Bu holat faqat menda bo‘lgan (kuladi). Shu bois, agar Olimpiadaga olib ketishsa albatta boraman.

- Navbatdagi o‘yin 11 iyun kuni Eronga qarshi o‘tadi. Siz va O‘runov Eron chempionatida o‘ynayapsizlar. Bu terma jamoa uchun foydalimi yoki zararli?

- Eron chempionatida oldinroq ko‘proq futbolchilarimiz o‘ynashi kerak ekan. Ularga oldin yuqori baho berar ekanmiz. Eron futbolchilari bizga qarshi bor kuchi bilan harakat qilishi aniq.

- Ikkinchi taymda O‘runov bilan birga juda yaxshi tushunib o‘ynadinglar. Bu murabbiy ko‘rsatmasi bo‘ldimi?

- Oston bilan doim bir-birimizni yaxshi tushunganmiz, hamma mendan kreativ paslar kutadi. Birinchi bo‘limda Eldor hujumda bir o‘zi qolib ketdi, ikkinchi taymda esa to‘rt himoyachi taktikasiga o‘tdik va hujumkorligimiz oshdi", – dedi futbolchi. 

Kiritildi: 23:04, 06.06.2024.
O'qildi: 2122 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.