Londonning «Arsenal» klubining fransiyalik markaziy himoyachisi Uilyam Saliba Mikel Arteta haqida fikr bildirdi.
“Arteta meni yuqori darajaga olib chiqdi. U dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri. U har bir kichik tafsilotlarga ham qaraydi va muvaffaqiyatsizlikdan nafratlanadi. U menga o‘zimni yaxshi tutishni o‘rgatdi. U mendan maydonda shafqatsizroq bo‘lishimni so‘radi", - dedi 23 yoshli himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, Saliba o‘tgan mavsum «Arsenal» bilan Premyer-liga vise-chempioniga aylandi.