Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Srechko Katanes: «Istalgan jamoa uchun qiyin raqibmiz»

Srechko Katanes: «Istalgan jamoa uchun qiyin raqibmiz»

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes va darvozabonimiz O‘tkir Yusupov Eronga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Srechko Katanes:

— Biz ertangi uchrashuvga tayyormiz. Eronni yaxshi bilamiz, ular bilan ko‘p bor to‘qnash kelganmiz. Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biri hisoblangan Eronga qarshi bahs oson o‘tmasligi aniq. Futbolchilarim o‘z darajalarini ko‘rsatishlariga ishonaman. Umid qilamanki, har ikki jamoa toza futbol ko‘rsatadi va kartochkalarsiz o‘yin guvohi bo‘lamiz. Biz ham o‘z darajamizga egamiz, istalgan jamoa uchun qiyin raqibmiz. Bor e’tiborimiz ushbu bahsga qaratilgan.

Eronga qarshi g‘alabasiz seriya — bu shunchaki statistika, xolos. Ertangi bahsda eronlik qaysi futbolchilar katta sahnaga chiqadi buni bilmayman. Asosiy e’tiborim o‘z o‘yinimizga qaratilgan. Jamoamdagi har bir futbolchi Taremiy va Azmun singari futbolchilarga qarshi nima qilayotganini aniq bilib turishlarini istayman. Albatta, ehtiyotkorlikni ham yoddan chiqarmasligimiz zarur. Bosimni yengib o‘ta olgan jamoa g‘olib bo‘ladi.

Eron Pro ligasidagi legionerlarimiz haqida

— Jaloliddin Masharipov va Oston O‘runov Eron chempionatiga yaxshi moslashdi, bundan juda xursandman. Ayniqsa, so‘nggi o‘yinlarda ikkisi ham yuqori sport formasida ekanini ko‘rdik. Ular ertangi bahsda ham o‘zlarini ko‘rsatishadi, deb o‘ylayman. Eng asosiysi ular jamoa uchun o‘ynashsin.

Eron tarkibi haqida

— Eron uzoq yillardan beri deyarli bir xil tarkibga ega. Hozir mavsum oxiri va barcha futbolchilarda charchoq bor. Lekin eronlik futbolchilar doim birga va ularda jismoniy tayyorgarlik ham a’lo darajada.

Reglament haqida

— Nima sababdan futbolchilarning sariq kartochkalari keyingi bosqichda ham saqlanib qolishi tushunarsiz, ular 3-saralash raundiga «toza» holda o‘tishlari kerak.

O‘tkir Yusupov:

— Ertaga chiroyli o‘yin bo‘ladi, Eronga yaxshi niyat bilan keldik. G‘alaba qozonib, Vatanimizga yorug‘ yuz bilan qaytishni niyat qilganmiz.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 05:11, 11.06.2024.
O'qildi: 3711 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.