“Ayaks”ning gruziyalik hujumchisi Georges Mikautadze faoliyatini davom ettirish uchun klub sifatida “Monako”ni tanladi.
L'Equipe xabariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchiga transfer bozorida talab katta edi. Futbolchining transfer summasi 15-20 million yevroni tashkil qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Mikautadze Lionda (Fransiya) tug‘ilgan. U faoliyatining muhim qismini "Mes"da o‘tkazdi.
2023 yilda u 16 million yevro evaziga "Ayaks"ga o‘tdi va olti oydan so‘ng klub uni "Mes"ga qaytarib berdi.