Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

FIA va O‘zbekiston aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

FIA va O‘zbekiston aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Samarqandda davom etayotgan Xalqaro avtomobil federasiyasi (FIA)ning Konferensiyasi doirasida sohadagi istiqbolli hamkorlik mavzusida tor doiradagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Samimiy ruhda o‘tgan ana shunday uchrashuvlardan biri FIA rahbariyati hamda O‘zbekiston tomoni o‘rtasida kechdi.

Unda FIA Prezidenti Muhammad Ahmad ben Sulayem, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi departamenti rahbari Odil Abduraxmanov, Sport vaziri Adham Ikramov, Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov, Osiyo Olimpiya kengashi vise-prezidenti Otabek Umarov, Milliy Olimpiya hamda Paralimpiya qo‘mitalari, O‘zbekiston milliy avtosport va karting federasiyasi rahbariyati qatnashdi.

Uchrashuvda so‘z olgan Adham Ikramov yurtimizda ommaviy sport targ‘iboti bo‘yicha qilinayotgan ishlar, sportning texnik va murakkab turlari ham rivojlanib borayotgani, milliy federasiyamiz tashkil etilganiga ko‘p vaqt bo‘lmasada, qisqa fursat ichida salmoqli natijalarga erishgani haqida to‘xtalib o‘tdi. O‘z navbatida, Otabek Umarov mamlakatimiz aholisining 65 foizini yoshlar tashkil etishi va tug‘ilish darajasi yiliga qariyb 1 milliondan ortib borayotgani, avtosport diyorimiz yoshlarining sevimli xobbisiga aylanayotgani haqida qo‘shimcha qildi.

Janob ben Sulayem ko‘tarinki ruhda o‘tayotgan tadbir haqida iliq fikr bildirar ekan, kelgusida mamlakatimizda “Silk Road” xalqaro turnirini tashkil etish, Toshkentda qad rostlayotgan Olimpiya shaharchasida ham karting va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish g‘oyasi xususida gapirib, mahalliy mutaxassislarning bilimini oshirish yuzasidan turli seminarlar o‘tkazish bo‘yicha o‘z takliflarini ilgari surdi.

Suhbat yakunida zamonaviy sport avtomobillarini ishlab chiqarishda xorij tajribasini o‘rganish va boshqa istiqbolli mavzular borasida fikr almashildi

Kiritildi: 14:39, 12.06.2024.
O'qildi: 500 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.