Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Olimpiya shaharchasining qurilishi yirik kompaniya vakillari bilan muhokama qilindi

Olimpiya shaharchasining qurilishi yirik kompaniya vakillari bilan muhokama qilindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

“CAMC Engineering” kompaniyasining Bosh direktori bilan Olimpiya shaharchasidagi qurilish jarayoni muhokama qilindi.

Ayni kunlarda Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi Bosh direktori Li Xaysin Toshkentda mehmon bo‘lib turibdi.

Bugun Sport vazirligida Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlari uchun barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasining bugungi holati va kelgusida kompleksdan samarali foydalanish masalasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni vazir Adham Ikramov olib bordi. Unda, shuningdek, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov va soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda olib borayotgan bunyodkorlik ishlarining bugungi holati va qo‘shimcha quriladigan yana ikkita bino (tibbiyot markazi va 400 o‘rinli mehmonxona)ning loyihasi batafsil muhokama qilindi.

Adham Ikramov kompleksning barpo etilishini davlatimiz har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani, qurilish ishlari uzliksiz olib borilishi uchun barcha sharoit yaratib berilayotganini ta’kidladi.

Janob Li hamkorlik Xitoy kompaniyasi uchun ham manfaatli bo‘layotgani, kelgusida ham qator loyihalarni birgalikda amalga oshirishdan mamnun bo‘lishini bildirdi.

Yig‘ilish doirasida Oybek Kasimov musobaqani o‘tkazish direksiyasining tashkiliy tuzilmasi va uning faoliyati haqida taqdimot o‘tkazdi.

Suhbat davomida qurilish ishlarini jadallashtirish, barpo etilayotgan qo‘shimcha binolar va tashrif buyuruvchilar uchun ko‘ngilochar maydonlarining loyihasini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

Kiritildi: 15:55, 14.06.2024.
O'qildi: 437 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик