Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Kilian Mbappe: «Enrike va Kampush meni qutqarishdi»

Kilian Mbappe: «Enrike va Kampush meni qutqarishdi»

Baho:
+ | -

Yevropa chempionati arafasida Fransiya terma jamoasi Lyuksemburg bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.

Ana shu uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Kilian Mbappe «Real Madrid» haqida ko‘pchilikni qiziqtiradigan savollarga javob berdi.

«Real Madrid» haqida

- Matbuot anjumanini boshlashdan oldin, men bir necha so‘z aytmoqchiman. Hamma allaqachon yangiliklarni eshitgan - bu rasmiy, men hech bo‘lmaganda keyingi besh mavsumni «Madrid» o‘yinchisi sifatida o‘tkazaman. Bu men uchun katta zavq va azaliy orzularimning amalga oshishidir. Men baxtliman, yengil tortdim va nihoyatda g‘ururlandim.

Bugungi holati haqida

- Mavsum oxirida kamroq o‘ynadim, sababini esa hammangiz bilasiz. Ammo hozir men oldingi formamga qaytish va terma jamoamga Yevroda g‘olib chiqishiga yordam berish uchun tinimsiz mashq qilyapman.

«PSJ» haqida

- Klub kattalari bu mavsum umuman o‘ynamasligimni aytishdi. Luis Enrike va Luis Kampush meni qutqarishdi, ularsiz men maydonga chiqolmasdim. Bu haqiqat, shuning uchun men har doim klub bosh murabbiyi va sport direktoridan minnatdorman. Men tanqidni qanday eshitishni bilaman. Ammo o‘z ishimni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq tahlil qila olaman, bu mavsumda men o‘z standartlarimdan pastroq o‘ynaganimga ishonaman. Ammo o‘ynaganim g‘ururlanish uchun sabab bo‘ldi. Ishonchim komilki, keyingi mavsumda bunday o‘yindan mamnun bo‘lmayman.

«PSJ»dagi noroziliklar haqida

- Men «PSJ»da baxtsiz emasdim. Shunday klubga tupurib, baxtsiz ekanligimni aytish insofdan bo‘lmasdi. Ammo meni xafa qilgan lahzalar bo‘ldi, buni ko‘rsata olmadim, chunki men jamoaning yetakchisi edim va tushkunlikka tushgan odamga ergashishning iloji yo‘q edi. Men katta bosimni boshdan kechirdim, lekin hayotda jiddiyroq narsalar bor. Bu futbol - men o‘ynaganim uchun yaxshi maosh olaman. Fabrikalarda ishlayotgan ko‘pchilik odamlar esa sezilarli darajada kam maosh olishadi. Shunday qilib, men o‘z pozisiyamda shikoyat qilishni odobsizlik deb bilaman - mening tarbiyam shunday.

Qo‘llalashlar haqida

- Juda ko‘p xabarlar va tabriklar oldim, hammasini o‘qishga imkon bo‘lmadi, lekin Krishtianu Ronaldu, Serxio Ramos, Iker Kasilyas va bo‘lajak jamoadoshlarim meni tabriklaganliklarini ko‘rdim - juda mamnunman. Barchalaridan minnatdorman va yanada yuqoriroqqa chiqishga umid qilaman.

Yevromi yoki JCH?

- Menimcha, Yevroni yutish jahon chempionatidan ko‘ra qiyinroq. Guruh bosqichidan boshlab raqobat o‘ta qizg‘in. Oxirgi chempionlikka 24 yil bo‘ldi - bu katta muddat, garchi qo‘shimcha bosimni boshdan kechirmasak ham. Biz chiroyli futbol namoyish etish uchun tayyorgarlik ko‘rishda davom etamiz.

Enrike va Deshamning farqi haqida

- Luis Enrike pozision futbolni afzal ko‘radi. U hamma narsani nazorat qilishni yaxshi ko‘radi - bunga berilib ketgan. Didye Desham bilan vaziyat boshqacha, u taktik jihatdan qat’iy, ammo hujumda erkinlikni qoldiradi. Bu esa sizga har kuni tajriba orttirish va o‘rganish imkonini beradi.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 00:14, 16.06.2024.
O'qildi: 4059 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик