Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Fevzi Davletov: «Og‘ir uchrashuv bo‘ldi»

Fevzi Davletov: «Og‘ir uchrashuv bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Superliga 11-turidan o‘rin olgan "Neftchi" – "Surxon" (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Nima ham derdim, juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Vodiyda doim qiyin bo‘ladi. Muxlislarning bosimi seziladi. Bugun vertikal futbol bo‘lishini kutgan edik. Birinchi bo‘limda, yakkakurashlardan qochmay to‘pni raqib tomonga surishga intildik. Agar, birinchi bo‘limda buni uddalagan bo‘lsak, ikkinchi taymda pozision himoyalandik. Ishlashimiz kerak bo‘lgan narsalar ko‘p. Albatta ikkinchi bo‘limni tahlil qilamiz.

Krimess afsuski, jarohat oldi. Hozir shifokorlar ko‘rigida bo‘lib turibdi. Ertaga uning jarohati qay darajada ekanligi ma’lum bo‘ladi.

Futbolchilik davrimdan beri Namangan yoki Farg‘onada to‘p tepish qiyin ekanligini bilaman. Albatta, tayyorgarlik ko‘rish kerak. "Neftchi" – top jamoa va chempionlik uchun kurashmoqda. Ko‘rganingizdek, bugun bizga yangi kuchlar yetishmadi. Namanganda gol kiritish uchun imkonimiz bo‘lgan bo‘lsa, Farg‘onada yarimda imkoniyat ham yarata olmadik. Bugun bizga qiyin bo‘ldi", — dedi Davletov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 06:19, 16.06.2024.
O'qildi: 991 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик