«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes "Mundo Deportivo" bilan intervyuda yangi shartnoma haqida fikr bildirdi.
«Umid qilamanki, bu sodir bo‘ladi. «Barsa»da o‘ynash – mening bolaligimdan orzu qilgan eng katta orzum va endi men bunga erisha olaman, umid qilamanki, «Barcelona»da ko‘p yillar o‘tkazaman», - dedi 20 yoshli futbolchi.