Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Amerikalik ekspert Bahodir Jalolovning Olimpiadadagi imkoniyatlarini yuqori baholadi

Amerikalik ekspert Bahodir Jalolovning Olimpiadadagi imkoniyatlarini yuqori baholadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Boks bo‘yicha ekspert Bahodir Jalolovning imkoniyatlarini yuqori baholab, uning Olimpiadada ehtimoliy raqibi Kunkabayevga hech qanday imkoniyat qoldirmasligini aytdi.

Amerikalik jurnalist Jek Makkaferri “Vesti.kz” muxbiri bilan suhbatda o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolovning Parij—2024 Olimpiadasidagi imkoniyatlari haqida gapirdi.

Mutaxassis suhbatda qozog‘istonlik Qamshibek Qo‘nqabayev bilan bo‘ladigan ehtimoliy jang haqida o‘z taxminini aytdi.

Har ikki bokschi Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga lisenziya qo‘lga kiritgan.

Ekspertning fikricha, o‘zbekistonlik sportchi havaskor boksda eng xavfli hisoblanadi.

"Menimcha, Bahodir Jalolov boshqa saviyada. Uning professional ringda va havaskorlar musobaqalaridagi faoliyati fenomenal deyish mumkin. Jalolov — kuchli va katta bokschi. O‘z taktikasida u o‘zining kuchli tomonlarini muvaffaqiyatli ko‘rsata oladi. Albatta, Olimpiadada u g‘oliblik uchun asosiy nomzod bo‘ladi. Balki musobaqada yangi boks yulduzini ko‘rarmiz, ammo hozircha o‘zbek bokschisi havaskor boksdagi eng xavfli sportchi hisoblanadi".

Bundan tashqari, Makkaferri qozoq-o‘zbek boks maktabi vakillari to‘qnashuvida Bahodir Jalolovning imkoniyatlarini yuqori baholadi.

"Qo‘nqabayevning bir nechta janglarini ko‘rdim. Unga musobaqada qiyin bo‘ladi. Uning tana tuzilishi farqli. Ularning jangida favorit — so‘zsiz, Bahodir Jalolov", — dedi Makkaferri.

Ma’lumot uchun, ikki bokschi ham parallel ravishda professional faoliyatini davom ettirmoqda. Jalolov sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli 14 aprel kuni Toshkentdagi Humo Arena’da IBA Chempionlar boks oqshomi doirasida xorvatiyalik Agron Smakichich (20-2, 18 KO) bilan jang o‘tkaza olmagan.

Qo‘nqabayev 2022 yilning mart oyida o‘zbekistonlik Farrux Jo‘rayevni muddatidan oldin mag‘lub etganidan beri professional boksda jang qilmadi. Prinsipial raqiblar so‘nggi bor 2023 yilgi Osiyo chempionatida to‘qnash kelgan, unda o‘zbekistonlik bokschi hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.

Bir necha kun avval o‘zbek boks afsonasi Ruslan Chagayev Bahodir Jalolovning Olimpiadadagi imkoniyati haqida gapirib, o‘z hamyurtini medallarga asosiy da’vogar ekanini ta’kidlagan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:44, 20.06.2024.
O'qildi: 1915 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик