Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Odil Ahmedov: «Andijon»da chempionlik uchun kurashadigan raqobatbardosh jamoa shakllanishiga ishonchim komil»

Odil Ahmedov: «Andijon»da chempionlik uchun kurashadigan raqobatbardosh jamoa shakllanishiga ishonchim komil»

Baho:
+ | -

Kecha O‘FA vise-prezidenti Odil Ahmedovning Andijonga tashrifi va xususan «Andijon» futbol maktabini ham ko‘zdan kechirgani xususida ma’lumot berib o‘tgandik.

Fursatdan foydalangan holda «Andijon» klubi matbuot xizmati Odil Ahmedov bilan suhbatlashdi.

— Viloyatlarga, xususan futbol maktablari va akademiyalarga qilayotgan tashriflaringizni ko‘p ko‘ryapmiz. Bu safar Andijondasiz. Qanday taassurotlar paydo bo‘lyapti?

— O‘zinglar ham ko‘rib turibsizlar, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan futbolga qaratilayotgan e’tibor juda ham yuqori. Qolaversa, hozirgi kunda hamma akademiyalar qurilish bo‘yicha davlat dasturiga kiritilgan. Shu bois futbol sohasida yurganimiz uchun futbolga mos ravishda qurilish bo‘lishi kerak. Hammasini ko‘rib, ko‘zdan kechiryapmiz. Qolaversa, kelajagi qanaqa bo‘lishi va nima qilishimiz kerak? Shular haqida viloyatlarga borib futbol assosiasiyalari rahbarlari, futbol akademiya direktorlari bilan gaplashib, o‘zimizni maslahatlarimizni berib kelyapmiz. O‘ylaymanki, bunday sharoitdan keyin albatta viloyatlarimizdan juda ko‘plab yangi iqtidorlar yetishib chiqishiga ishonchim komil. Ming afsuski, hozirgi kunda yoshlar futboli Toshkent va Qarshida bo‘lib qolgan. Keyingi rejalarimizda barcha viloyatlarda mana shunday samaradorlik bo‘lishini ta’minlashimiz kerak. Har bir viloyatni o‘zini poydevori bo‘lishi lozim. Bola futbol maktabida o‘qiydimi yoki akademiyadami, o‘zini viloyatidan yetishib chiqib, o‘zini viloyati futbol klubida to‘p surish imkoniyatini yaratib bermoqchimiz.

— Andijon futbolidagi ishlarni ko‘zdan kechiryapsiz. Bu xususidagi fikrlaringiz ham qiziq.

— Andijonda xohlaysizmi-yo‘qmi, birinchi o‘rinda ishqibozlarni gapirish kerak. Shuning uchun doimiy ravishda Andijonga chempionlik uchun raqobat qiladigan jamoa bo‘lishi zarur. Bunga albatta yetib kelamiz. Aytyapmanku, hozirgi qo‘ygan rejalarimiz kelajakda albatta o‘zini oqlaydi. O‘ylaymanki, Andijon futboli o‘zbek futbolida o‘z o‘rniga ega. Chempionlik uchun nafaqat Superligada, balki bolalar futbolida ham har tomonlama raqobatbardosh jamoa shakllanishiga ishonchim komil.

— «Andijon» klubining joriy yildagi ishtiroki borasida nima degan bo‘lardingiz?

— «Andijon» hamma jamoaga bosh og‘rig‘i bo‘lyapti. Buni inkor qilib bo‘lmaydi. Xoh «Paxtakor» bo‘lsin, xoh «Navbahor» yoki «Nasaf» bo‘lsin barcha raqiblariga muammolar tug‘diryapti. Lekin, baribir qaysidir joyida barqarorlik yetishmay qolyapti. O‘yinchilardan kelib chiqqan holatda gapiradigan bo‘lsak, hozirgi qatnashuvini ijobiy deb o‘ylayman. Qolaversa, bunaqangi muxlislar qarshisida to‘p surish har bir futbolchining orzusi va yoqimli holat. Bu juda katta motivasiya. Hozirgi natijalarida ishqibozlarining ham ancha o‘rni bor.

— Shu o‘rinda hakamlar to‘g‘risida fikringiz qanday? Chunki so‘nggi paytlarda yana bu masalada bahs-munozaralar yuz beryapti. Masalan, «Andijon»ni safarda «Qizilqum»ga qarshi uchrashuvi ham bunga misol bo‘la oladi.

— Har bir hakam qilgan xatosi uchun javob beradi. Lekin futbolda xatosiz imkoni yo‘q. Masalan, har uchrashuvda o‘yinchilar ham xato qiladi, ammo bunga ko‘z yumilgan. Biroq hakamning kichkina xatosi ham ko‘zga ko‘rinadi. Ammo bu borada qaysidir hakam ataylab bir jamoani natijasiga ta’sir qiladigan bo‘lsa, unga qattiq chora ko‘rilishi tabiiy hol. 11 ta tur o‘tgan bo‘lsa, «Andijon» bilan o‘yin va yana bir-ikkita turlarni hisobga olmasa, menimcha, hakamlik borasida unchalik e’tiroz yo‘q. Lekin aytyapmanku, natija uchun ataylab hakamni qarori ta’sir qiladigan bo‘lsa, unga chora ko‘riladi.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 14:17, 21.06.2024.
O'qildi: 1386 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.