"Yuventus" Kefren Tyuramning transferi ustida ishlamoqda.
Jurnalist Janluka Di Marsioning yozishicha, Adriyen Rabyo qolish yoki ketishidan qatiy nazar turinliklar yarim himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi. Ular "Nissa" bilan shartnoma tuzishni muhokama qilishmoqda.
A Seriya klubi yarim himoyachining shartnomasi 2025 yilda tugashini hisobga olib, Tyuramni 15 yoki 18 million yevroga sotib olishni kutmoqda.
2023/24 yilgi mavsumda Liga 1'da futbolchi 27 ta o‘yin o‘tkazdi.