Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Angliya va Ispaniyaning top-klublari «Real» darvozabonini sotib olish niyatida

Angliya va Ispaniyaning top-klublari «Real» darvozabonini sotib olish niyatida

Baho:
+ | -

Ukraina terma jamoasi va “Real Madrid” klubining 25 yoshli darvozaboni Andrey Luninni top jamoalar qiziqishlari doirasiga tushdi.

Luninga Londonning “Arsenal”, “Nyukasl” va “Atletiko Madrid” kabi Yevropaning top jamoalari qiziqish bildirmoqda. Ukrainalik futbolchi asosiy darvozabon belgiyalik Tibo Kurtua bo‘lishi kutilayotgan “Real” klubida qolishni rejalashtiryaptimi yoki yo‘q, hozircha ma’lum emas.

Defensa Central xabariga ko‘ra, “Real Madrid” prezidenti Floretino Peres, agar Andrey haqiqatan ham klubdan ketishga qaror qilsa, u uchun katta miqdorda pul olishni xohlaydi. Uning fikricha darvozabonning transfer summasi 35 milliondan kam emas.Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 25 millionga teng.

2023—2024 yilgi mavsumda “Real Madrid” Lunin bilan Chempionlar Ligasi, La Liga va Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:02, 24.06.2024.
O'qildi: 3716 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик