Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Superliga va Pro liga uchrashuvlari doirasida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar yuzasidan O‘FA Hakamlar qo‘mitasi qarori e’lon qilindi

Superliga va Pro liga uchrashuvlari doirasida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar yuzasidan O‘FA Hakamlar qo‘mitasi qarori e’lon qilindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zFHM matbuot xizmati Superliga 8-turidan o‘rin olgan “Surxon" – “Nasaf" bahsi, Superliga 11-turi doirasidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Andijon” klublari o‘rtasidagi uchrashuv hamda Pro liga 13-turidan o‘rin olgan "Do‘stlik" – "Qo‘qon-1912” bahslarida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar yuzasidan O‘FA Hakamlar qo‘mitasi qarorini ma’lum qiladi:

1. Superliga 8-turidan o‘rin olgan “Surxon" – “Nasaf" bahsi bosh hakami Ilgiz Tantashev o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,4 (qoniqarsiz) bahosiga loyiq ko‘rildi. Unga ko‘ra, O‘FA Hakamlar qo‘mitasi tomonidan Ekspert-hakamlar komissiyasining chiqargan xulosasi, uchrashuv nazoratchisining qo‘ygan bahosi inobatga olingan holda bosh hakamga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3 bo‘limning 1-bandlari va 4-bo‘limning 4.3 bandiga asosan, birinchi mavsum oxiriga qadar Superliga uchrashuvlaridan (8 ta tur - 9, 10, 11, 12, 13-turlardan va 2 ta qoldirilgan uchrashuvlar, Superkubok) chetlatish, o‘yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 75% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo‘llanildi;

2. Superliga 11-turi doirasidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Andijon” klublari o‘rtasidagi uchrashuvning bosh hakami Sardor Ismatullayev, VAR hakami Aziz Asimov o‘yin davomida yo‘l qo‘ygan xatolari uchun o‘yin yakunidan so‘ng uchrashuv nazoratchisi Oleg Dachev tomonidan bosh hakam 7.9, VAR hakam C bahosiga loyiq ko‘rilgan. Lekin ushbu uchrashuv Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan takroran ko‘rib chiqilgandan so‘ng bosh hakamning bahosi uchrashuv natijasiga ta’sir qilgan xatolari uchun 7.1, VAR hakamning bahosi D ekanligi, uchrashuv nazoratchisi baholarni yuqori qo‘yganligi aniqlandi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda:

Sardor Ismatullayevga nisbatan mavsum oxiriga qadar Superligadan chetlashtirish, quyi ligaga tushirish va uchrashuv uchun belgilangan to‘lovdan 75 % olib tashlash jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Aziz Asimovga nisbatan 4 ta tur uchrashuvlariga VAR hakamlikdan, 4 ta tur uchrashuvlariga bosh hakamlikdan chetlashtirish va uchrashuv uchun belgilangan to‘lovdan 100 % olib tashlash jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Oleg Dachevga nisbatan 8 ta (Superligadan) uchrashuvlariga nazoratchilikdan chetlashtirish va uchrashuv uchun belgilangan to‘lovdan 100 % olib tashlash jarima intizom chorasi qo‘llanildi;

3. Pro liga 13-turidan o‘rin olgan "Do‘stlik" – "Qo‘qon-1912” bahsi bosh hakami Ibrohim Ismoilov o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,4 (qoniqarsiz) bahosiga loyiq ko‘rildi. O‘FA Hakamlar qo‘mitasi tomonidan bosh hakamga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3 bo‘limning 1-bandlari va 4-bo‘limning 4.3 bandiga asosan, Superliga va Pro liga uchrashuvlaridan 6 ta turga chetlatish, o‘yin uchun belgilangan to‘lovdan 75% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo‘llanildi.

Kiritildi: 20:05, 24.06.2024.
O'qildi: 690 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.