Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Yevro—2024. Italiya so‘nggi soniyalarda urilgan gol evaziga pley-offga chiqdi, Xorvatiya esa...

Yevro—2024. Italiya so‘nggi soniyalarda urilgan gol evaziga pley-offga chiqdi, Xorvatiya esa...

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionatining "B" guruhi 3-turdan o‘rin olgan o‘yinlar 24 iyun, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Xorvatiya Italiyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limni esa faolroq boshlagan xorvatlar penalti ishlab oldi. Luka Modrich ushbu penaltini noaniq amalga oshirdi, biroq jamoasi hujumni davom ettirdi va aynan Luka o‘yindan gol urib, hisobni ochdi.

Hakam qo‘shib bergan 8-daqiqada esa Zakkanyi hisobni tenglashtirdi va jamoasining durang natijasini ta’minladi. Natijada Italiya 4 ochko bilan nimchorak finalga chiqdi. 1/8 finalda "Skuadro adzurra"ga Shveysariya raqib bo‘ladi. Xorvatiya esa 2 ochko to‘plagan holda qolgan guruhlarni kutadi. Bu jamoa katta ehtimol bilan Yevro-2024 bilan xayrlashadi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Ispaniya Albaniya ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol 13-daqiqada Ferran Torres tomonidan urildi. Ispaniya 9 ochko bilan guruh g‘olibiga aylandi, Albaniya 1 ochko bilan so‘nggi pog‘onada qoldi.

Yevro-2024, 3-tur
24 iyun, dushanba
Xorvatiya – Italiya 1:1
Gollar: 1:0 – 55 Modrich, 1:1 — 90+8 Zakkanyi.
Xorvatiya: Livakovich, Stanishich, Shutalo, Pongrachich, Gvardiol, Modrich (Maer, 80), Kovachich (Ivanushes, 70), Brozovich, Pashalich (Budimir, 46), Suchich (Perishich, 70), Kramarich.
Italiya: Donnarumma, Di Lorenso, Darmian (Zakkanyi, 81), Bastoni, Kalafori, Dimarko (Kyeza, 57), Jorjinyo (Fajoli, 81), Barella, Pellegrini (Frattezi, 46), Raspadori (Skamakka, 75), Retegi.
Ogohlantirishlar: Suchich (24), Modrich (60), Ivanushes (73), Pongrachich (78), Stanishich (82).

Albaniya – Ispaniya 0:1
Gol: 0:1 – 13 Ferran Torres.
Albaniya: Strakosha, Baliu, Jimshiti, AYEti, Mitay, Lyachi (Berisha, 70), Bayramiy (Xoja, 70), Ramazoniy, Aslani, Asani (Muchi, 81), Manay (Broya, 59).
Ispaniya: Rayya, Navas, Laport (Le Norman, 46), Vivian, Grimaldo, Merino, Olmo (Aleks Baena, 84), Subimendi, Oyarsabal (Lopes, 62), Ferran Torres (Yamal, 71), Xoselu (Morata, 72).
Ogohlantirishlar: Silvinyo (52), Bayrami (66), Berisha (89).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 05:39, 25.06.2024.
O'qildi: 3364 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик