Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza 0-1 Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

"Everton" Yang bilan shartnomani uzaytirdi

"Everton" Yang bilan shartnomani uzaytirdi

Baho:
+ | -

"Everton" faxriysi Eshli Yang mersisaydliklar klubi bilan yangi bir yillik shartnoma imzoladi.

Yang o‘tgan yozda "Everton" bosh murabbiyi sifatida Shon Daychning birinchi xaridi bo‘ldi va "Aston Villa"dan erkin agent sifatida "Everton"ga qo‘shildi.

O‘shandan beri Yang "Everton" safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 yoshu 34 kunligida "Gudison Park"da klub tarixidagi eng keksa debyutantga aylandi.

Kelgusi oy 39 yoshga to‘ladigan Yang yoshiga qaramay "Everton"ga foydali bo‘la olishini isbotladi va "Manchester Yunayted", "Uotford" va "Inter"ning sobiq futbolchisi bilan 2025 yil iyunigacha yangi shartnoma imzoladi.

"Men shartnomamni qayta imzolashda ikkilanmadim. Mavsum tugashidan oldin murabbiy bilan gaplashdim. U nima istayotganimni, qolishni xohlashimni so‘radi va men darhol "ha" dedim, chunki bu yerda o‘tkazgan vaqtim menga yoqdi.

Klubning saviyasi, xodimlari, futbolchilari va, albatta, muxlislar, ular zo‘r edi... O‘tgan mavsumda men bu yerda o‘tkazgan vaqtimdan zavq oldim. Bizda ko‘tarilishlar va pasayishlar bo‘ldi, lekin men bu qanchalik katta klub ekanligini ko‘rib turibman.

Men buning bir qismi bo‘lishni xohlayman" - dedi Yang.

Yana shuni qo‘shimcha qilamizki, Yang APLda 453ta, Angliya terma jamoasida esa 39ta o‘yin o‘tkazgan. Eshli Premyer-liga, A Seriya, Angliya kubogi va Yevropa ligasida g‘olib chiqqan.

Kiritildi: 15:13, 25.06.2024.
O'qildi: 359 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.