Chap qanot himoyachisi Yakub Kivyorning "Arsenal"dagi kelajagi noma’lumligicha qolmoqda. Polshalik futbolchi Mikel Arteta jamoasida muntazam o‘yin amaliyotiga ega emas, shuning uchun ham sotilishi yoki ijaraga berilishi haqidagi mish-mishlar yanvar oyidayoq ommaviy axborot vositalarida faol tarqalib kelgandi.
Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchini A Seriya vakillari, jumladan, “Napoli”, “Milan” va “Yuventus” vakillari qadrlashadi, biroq aniq ma’lumotlarga hali erishilgani yo‘q – hozircha muzokaralar olib borilmayapti.
Transfermarkt ekspertlari tomonidan 30 million yevroga baholangan Yakub Kivyor o‘tgan mavsumda "kanonirlar" safida 30ta o‘yin o‘tkazdi.