Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen 2010 yilning bahorida terma jamoada debyut qilgan. U o‘sha paytdagi 18 yoshli o‘ziga qanday maslahat berishi haqidagi savolga javob berdi.
"Men o‘zimga bunchalik uyatchan bo‘lmaslikni va maydondan tashqarida ko‘p narsani yodda eslab turmaslikni aytgan bo‘lardim.
Meni maydonda hech narsa bezovta qilmadi, hech qanday noqulaylik ham yo‘q, lekin kiyinish xonasida bunchalik jim turishim shart emas edi", - dedi Eriksen UEFAga bergan intervyusida.