Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Tennis. Kasatkina Istborndagi turnir g‘olibasiga aylandi

Tennis. Kasatkina Istborndagi turnir g‘olibasiga aylandi

Baho:
+ | -

Rossiyaning birinchi raketkasi Dariya Kasatkina Angliyaning Istborn shahrida o‘tkazilgan WTA-500 turnirida g‘olib chiqdi va bu yilgi birinchi kubokni qo‘lga kiritdi.

Reytingda 14-o‘rinni egallab turgan Kasatkina finalda kanadalik Leyla Fernandesni (30-o‘rin) 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv deyarli ikki soat davom etdi.

Rossiyalik bu yil to‘rtinchi bor finalda o‘ynadi - u avval Adelaida (Avstraliya), Abu-Dabi va Charleston (AQSH) shaharlarida hal qiluvchi o‘yinlar kortiga chiqdi, biroq ularning barchasida mag‘lub bo‘ldi.

O‘tgan yili Istbornda Kasatkina finalda amerikalik Medison Keysga yutqazib qo‘ygandi.

Avvalroq Kasatkina 2022-yil avgust oyida Kanadaning Granbi shahrida bo‘lib o‘tgan turnirda WTA chempioni bo‘lgan edi.

Umuman olganda, Kasatkina endi yakkalik bahslarida yettita WTA sovriniga ega.

U bugungi g‘alaba uchun 142 ming dollar mukofot puli oladi.

Kiritildi: 18:55, 29.06.2024.
O'qildi: 616 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик