Kirish Ro'yxatdan o'tish

De Ligt bo‘yicha muzokaralar boshlandi

De Ligt bo‘yicha muzokaralar boshlandi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yozgi transferlar vaqtida o‘z tarkibini kuchaytirish ustida ishlamoqda. Germaniyaning "Sky Sport" nashri xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» «Bavariya» himoyachisi Matteys de Ligt bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.

Manbaning ta’kidlashicha, «Manchester Yunayted» so‘nggi kunlarda De Ligt haqida juda ko‘p ma’lumot to‘plagan. Agar tegishli taklif tushsa, «Bavariya» 24 yoshli niderlandiyalik futbolchini sotishi mumkin. Matteysning o‘zi «Old Trafford»ga o‘tishga tayyor.

Avvalroq matbuotda «Bavariya» de Ligt uchun 70 million yevro olmoqchiligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi, ammo «Manchester Yunayted» buncha pul to‘lashga tayyor emas.

Kiritildi: 21:40, 29.06.2024.
O'qildi: 3212 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.