Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 3-0 Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor 3-1 Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro 3-2 Andijon
09/10 19:30 Nasaf 2-1 Dinamo
10/10 00:00 Malaga 1-1 Espanyol
10/10 16:30 Arsenal - Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon
10/10 19:00 Aston Villa - Brentford
10/10 19:00 Chelsi - Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich - Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend - Brayton
10/10 19:15 Alaves - Atletiko
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK - Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona - Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya

Grigoriy Kolosovskiy: "Biz hali kurashamiz"

Grigoriy Kolosovskiy: "Biz hali kurashamiz"

Baho:
+ | -

Superliga 5-turidan o‘rin olgan "Nasaf" – "Navbahor" (3:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Birinchi bo‘lim juda qiziq o‘tdi. 4 ta gol ko‘rdik. Raqibni 3 ochko va birinchi davradagi peshqadamlik bilan tabriklayman. Shunga qaramay, kurash hali oldinda. Navbahor bu chuqurlikdan chiqib ketadi va munosib o‘yin namoyish etadi. Biz hali yana kurashamiz.

Agar statistikaga e’tibor bersangiz, biz deyarli barcha bellashuvlarda raqibdan yaxshiroq harakat qilyapmiz.To‘p nazorati, burchak to‘plari va ko‘plab aspektlarda yaxshi harakat qilyapmiz. Afsuski, gol kiritishni uddalay olmayapmiz. Bugun ikkita gol kiritdik, ammo 3 ta o‘tkazib yubordik. Ikki jamoa ham g‘alaba uchun harakat qildi. "Nasaf"ning omadi keldi.

Adashmayotgan bo‘lsam, 7 ta bahsdan beri g‘alaba qozona olmayapmiz. Ruhan va jismonan bugun chekinadigan joyimiz yo‘q edi. Bor kuchimizni tashladik, afsus o‘xshamadi.

Bu borada deyarli barcha klublar ish olib borgani singari, biz ham ishlayapmiz. Oldindan biror narsa degim yo‘q. Transferlar bo‘ladi.

Nikabadzening jarohati haqida hozircha hech narsa deya olmayman. Shifokorlar ko‘rigidan o‘tgach, barchasi aniq bo‘ladi.

Tabatadzeda jarohat bor edi. Shu bois, Toma jamaoga yordam bera olmadi. Tiklanish bilan band. U jamoamizda va tayyorgarlik ko‘rib, ikkinchi davrada qaytadi.

O‘ylashimcha, "Nasaf" futbolchilari ham bugun keskin harakat qilishdi. Bu futbol. Shahmat yoki balet emas. Unda agressiya kerak. Menimcha, bu borada yana qo‘shimcha ishlar olib boramiz yanada agressiya qo‘shamiz.

Kim ketishi yoki kim kelishi haqida biror narsa ayta olmayman. Bir narsa aniq, biz yanada kuchli bo‘lish uchun tarkibni kuchaytiramiz. Takrorlayman. Endigina birinchi davra tugadi. Bundan avvalgi 3 mavsumda birinchi davrani Navbahor birinchi pog‘onada yakunlagan edi. Yakunda, o‘xshamadi. Hozir esa "Nasaf mavsumning birinchi yarmini peshqadam sifatida yakunladi. Ularda yakun qanday bo‘lishini kuzatamiz", - dedi Kolosovskiy.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 03:35, 01.07.2024.
O'qildi: 1279 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик