Fransiyalik yarim himoyachi Adriyen Rabio Turinning "Yuventus" klubini tark etadi, ammo u qayerga ketishi so‘roq ostida.
Footmercato xabariga ko‘ra, futbolchining agenti bo‘lgan Adriyenning onasi "Barselona"ga murojaat qilgan. U o‘g‘lini Kataloniya superklubining futbolkasida ko‘rishni xohlaydi. Moliyaviy so‘rovlar ham ma’lum - Rabyo yiliga sakkiz million yevro evaziga Ispaniya vise-chempionlari safiga o‘tishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" yaqinda bosh murabbiyini o‘zgartirdi - Xavi o‘rnini Xans Flik egalladi.