Alvaro Morata «Milan» qiziqish doirasiga tushib qoldi.
Insayder Janluka Di Marsioning so‘zlariga ko‘ra, «rossonerilar» Olivye Jiru ketganidan so‘ng yangi mavsum uchun hujumchi izlamoqda va e’tiborini ispaniyalikga qaratgan.
Morataning «Atletiko» bilan shartnomasidagi tovon puli 13 million yevroni tashkil qiladi. Biroq hujumchining o‘zi «Milan»ga o‘tishni xohlaydimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.