Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Agent: “Abbosbek Fayzullayev borasida “Bavariya“ klubidan qo‘ng‘iroq bo‘lgan”

Agent: “Abbosbek Fayzullayev borasida “Bavariya“ klubidan qo‘ng‘iroq bo‘lgan”

Baho:
+ | -

Taniqli futbol agenti German Tkachenko “Bavariya” klubi Moskvaning “SSKA” klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildirayotgani haqida fikr bildirdi. Shu yilning fevral oyida o‘zbekistonlik futbolchi haqiqatan ham unga “Bavariya” qiziqayotganini tasdiqlagan edi.

“Germaniyaning “Bavariya” klubi Fayzullayev borasida bog‘landi, ammo ular Abbosni hozir sotib olmoqchi emas. Ular hozirgi holatni tekshirdi, futbolchi ularning ma’lumotlar bazasida mavjud. Skautlar uning narxi, futbolchi bilan shartnoma shartlariga qiziqish bildirdi. Bu nemis klubi futbolchini sotib olish niyatida ekanini bildirmaydi, odamlar shunchaki shu ma’lumotdan foydalanmoqda”, — dedi Tkachenko YouTube'dagi “Komment.SHou” kanalidagi Hepe We Go dasturida.

Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli Fayzullayev 2021 yildan 2023 yilgacha “Paxtakor”ning kattalar jamoasida to‘p surgan. Bu davrda u barcha turnirlarda 41 ta uchrashuvda qatnashib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 2023 yilning yozida Abbosbek “SSKA”ga o‘tdi. Bu davrda u barcha musobaqalarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:39, 04.07.2024.
O'qildi: 4107 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик