Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Federiko Valverde: «Pozisiyamni nega o‘zgartirishim kerak? Chunki...»

Federiko Valverde: «Pozisiyamni nega o‘zgartirishim kerak? Chunki...»

Baho:
+ | -

Ayni kunlar Urugvay milliy jamoasi bilan Amerika kubogi-2024da ishtirok etayotgan «Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde turnir arafasida AUF TV telekanalining La Quinta Tribuna dasturi mehmoni bo‘ldi.

Fede ko‘rsatuv davomida Karlo Anchelotti bilan munosabatlari haqida gapirish asnosida maydonda pozisiyasini o‘zgartirishiga arziydigan asos hamisha topilishini alohida ta’kidladi.

Anchelottiga nisbatan «g‘azab»

- Madridda shunchaki, maydonga tushish uchun har qanday pozisiyada o‘ynashni chinakamiga qadrlashni o‘rgandim. Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi ilk davrda unga shunday g‘azab bilan qarardimki, asti qo‘yaverasiz... Aniqrog‘i, «Nega endi pozisiyamni o‘zgartirishim kerak?» qabilida o‘ylardim. Keyinroq murabbiyning talabini qadrlash, maydonda har tomondan yetuklik sari intilishga odatlandim. Qisqasi, agar murabbiy sizdan boshqa pozisiyani mustahkamlashga hissa qo‘-shishni so‘rasa, buni qadrlashingiz, tushunishingiz va jamoa uchun maksimal darajada foyda keltirish ustida ishlashingiz kerak. Anchelottining so‘zlariga ko‘ra, «Madrid» safiga qo‘shilish oson emas va futbolchi bunday imkoniyatdan har qanaqasiga foydalanishi shart.

Toni Kroosning ketishi...

- Oilamda Kroosga hamisha katta hurmat bilan qarashadi. Toni - katta professional. Uning yonida hammasini birlalikda his qildik. Kroos har kuni, ayniqsa, ishlar uncha yaxshi ketmayotgan payt ham yigitlar ko‘nglini ko‘tarish uchun munosib so‘zlar topardi. Bunday futbolchi maydonda ham, uning tashqarisida ham - noyob shaxs. Tonining asosiy xislati? U doimo butun jamoaga xotirjamlik bag‘ishlardi.

G‘oliblik mentaliteti 

- Hattoki, g‘alaba onlari ham, o‘yinimga bog‘liq qaysidir jihatdan to‘liq qoniqmayman. Mana, eng muhim lahzalardan biri - Amerika kubogi arafasida turibmiz. Bu turnirda shohsupaga ko‘tarilish - men uchun katta maqsad. Mentalitetim oddiy - hamisha g‘alabadan zavqlanishni istayman. «Real»­da o‘ynasangiz, sizda katta musobaqalarda bosh sovringa erishish orzusi o‘z-o‘zidan tug‘iladi. To‘g‘ri,  vaqt o‘tishi bilan bu oson emasligini tushunasiz. Har qanday holatda ham, g‘alabaga tashnalik, yanada ko‘prog‘iga intilish ishtiyoqi kuchayadi, xolos. Muxlislar ham sizni mudom ishga shunday yondashishga undashadi.

Urugvay termasi imkoniyati

- Shubhasiz, bizda qanday futbolchilar va jamoa borligini, g‘alabaga tashna ekanligimizni yaxshi bilamiz. Albatta, yangi tarix yozishni xohlaymiz, lekin bu juda-juda qiyin. Ba’zida hammasi osondek tuyuladi, lekin unday emas. Qisqasi, bosqichma-bosqich borishimiz kerak: qattiq ishlashimiz, jamoa sifatida takomillashishda davom etishimiz talab etiladi. Yana Amerika kubogini allaqachon qo‘lga kiritgan futbolchilar, xususan, Luis Suares tajribasidan maksimal darajada foydalanishimiz muhim.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 17:31, 05.07.2024.
O'qildi: 2530 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.