Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Napoli" Osimxenning narxi tushirilgani haqida "Chelsi"ga xabar yubordi

"Napoli" Osimxenning narxi tushirilgani haqida "Chelsi"ga xabar yubordi

Baho:
+2 | -

Mish-mishlar uzoq vaqtdan beri nigeriyalik hujumchi Viktor Osimxenni "Chelsi" bilan bog‘lab keladi. Metro nashri o‘z sahifalarida Italiyadagi manbalarga tayangan holda xabar berishicha, "Napoli" London klubini Osimxenning narxi 100 million yevroga tushirilgani haqida xabar bergan.

Aytish joizki, 25 yoshli Osimxenning amaldagi shartnomasida 130 million yevroga sotib olish varianti mavjud. Biroq “Napoli” nigeriyalik futbolchini arzonroq narxga sotishga tayyor.

Qo‘shimcha qilamiz, Romelu Lukaku teskari yo‘nalishda - "Chelsi"dan "Napoli"ga ketishi mumkin. Belgiyalik futbolchi Neapolga ko‘chib o‘tmoqchi va u yerda murabbiy Antonio Konte bilan birga ishlamoqchi.

Kiritildi: 17:50, 05.07.2024.
O'qildi: 1251 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.