Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 0-0 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-0 Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

"MYU" Grinvudga jamoani butunlay tark etishi mumkinligini bildirdi

"MYU" Grinvudga jamoani butunlay tark etishi mumkinligini bildirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" o‘z hujumchisi Meyson Grinvudga jamoani butunlay tark etishi kerakligini aytdi.

O‘z terma jamoalari bilan shug‘ullanmagan "Manchester Yunayted" futbolchilari dushanba kuni Karrington bazasida mavsumoldi mashg‘ulotlarini boshladilar.

O‘tgan mavsumda Ispaniyaning "Xetafe" jamoasida ijara asosida o‘ynagan 22 yoshli Grinvud ham Karringtonda e’tiborga olindi. Meyson uchun bu 2020 yil yanvar oyidan beri, qiz do‘stini zo‘rlash va kaltaklashda gumonlanib hibsga olinganidan beri o‘zining dastlabki klubi bazasiga birinchi tashrifi edi.

BBC nashri xabariga ko‘ra, Grinvud Karringtonga mashg‘ulot o‘tkazish uchun emas, balki "Manchester Yunayted" rahbariyati, jumladan, sport direktori Den Eshuort va texnik direktor Jeyson Uilkoks bilan uchrashish uchun kelgan.

Uchrashuv qisqa bo‘ldi, ammo tomonlar "konstruktiv muzokaralar" olib borishdi. Grinvudga klub uni yozda sotish niyatida ekanligi aytilgan va agar matbuotga ishonadigan bo‘lsak, "Marsel" Meysonning transferi ustida allaqachon astoydil harakat qilmoqda.

Kiritildi: 23:26, 08.07.2024.
O'qildi: 1408 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик