Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:00 Atletiko 3-0 Valensiya
16/09 17:00 Olimpik 1-1 Metallurg
16/09 17:30 Portugaliya 10-1 Panama
16/09 17:30 Eron 7-1 Venesuela
16/09 19:30 OKMK 1-0 Surxon
16/09 20:00 Tojikiston 2-4 Marokash
16/09 20:00 Gvatemala 3-5 Fransiya
16/09 21:30 Parma 2-3 Udineze
16/09 23:45 Lasio - Verona
17/09 00:00 Rayo Valyekano - Osasuna
17/09 22:00 Malyorka - Real Sosyedad
18/09 22:00 Betis - Xetafe

«Andijon»ning birinchi davradagi gollari yoxud safarda ham, uyda ham 11 tadan

«Andijon»ning birinchi davradagi gollari yoxud safarda ham, uyda ham 11 tadan

Baho:
+ | -

Birinchi davrada «Andijon»ning gol urish borasidagi sermahsulligi ancha samarali ko‘rinishda bo‘ldi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yili birinchi davrada «Andijon» chempionatda 15 ta gol urgan bo‘lsa, bu yil mavsumning birinchi yarmida «Burgutlar» raqiblar darvozasiga 22 ta to‘p kiritdi. Shuningdek, O‘zbekiston Kubogida chorak finalga chiqdi va u yerda ham o‘z yurishini davom ettirmoqda. «Andijon» hozirgacha Kubok uchrashuvlaria 5 ta gol urdi. Bu albatta mavsumning birinchi yarmida, aniqrog‘i chorak finalgacha bo‘lib o‘tgan o‘yinlar inobatga olingan.

Superligada birinchi davra bahslari davomida uch nafar futbolchimiz uchtadan gol muallifi bo‘ldilar. Bular – Rustam Turdimurodov, Islom Mamatkazin va Valimdir Bubanya. Agar Kubokdagi gollarni ham qo‘shadigan bo‘lsak, u holda Turdimurodovning gollari 5 ta yetadi. Shuningdek, uchtadan gol urganlar orasiga Bektemir Abdumannonov ham qo‘shiladi. U Superligada 2 ta, Kubokda 1 ta gol urdi.

Jamoaning barcha gollari 11 nafar o‘yinchi hisobiga yozildi. Superligadagi ikkita gol avtogol sifatida yozilgan. «Surxon» futbolchisi Aziz Pirmuhammedov va «Navbahor» a’zosi Ibrohim Yo‘ldoshev «Andijon»ga qarshi o‘yinlarda o‘z darvozalarini ishg‘ol qilib qo‘yishgan.

«Andijon»ning birinchi davradagi gol mualliflari:

Rustam Turdimurodov — 5 ta
Islom Mamatkazin  — 3 ta
Vladimir Bubanya — 3 ta
Bektemir Abdumannonov  — 3 ta
Farhod Sohibjonov  — 2 ta
Sherzod Esanov — 2 ta
Armin Boshnyak — 2 ta
Levan Arveladze — 2 ta
Luka Zgurskiy — 1 ta
Shaxrom Samiyev — 1 ta
Muhammadkarim Toirov — 1 ta
Aziz Pirmuhammedov avtogol
Ibrohim Yo‘ldoshev avtogol

Izoh: Kubok bahslaridagi gollar ham inobatga olingan

«Andijon»ning birinchi davradagi barcha natijalari:

1-tur. OKMK – «Andijon» – 0:0
2-tur. «Andijon» – Bunyodkor” – 5:1 (Gollar: Luka Zgurskiy, Vladimir Bubanya, Islom Mamatkazin, Muhammadkarim Toirov, Armin Boshnyak).
3-tur. «Surxon» – «Andijon» – 2:3 (Gollar: Sherzod Esanov (penalti), Farhod Sohibjonov, Aziz Pirmuhammadov (avtogol)
4-tur. «Andijon» – «Nasaf» – 1:1 (Gol: Islom Mamatkazin)
5-tur. «Lokomotiv» – «Andijon» – 1:2 (Gollar: Islom Mamatkazin, Shaxrom Samiyev)
6-tur. «Andijon» – «So‘g‘diyona» – 0:1
7-tur. «Neftchi» – «Andijon» – 2:2 (Gollar: Bektemir Abdumannonov, Farhod Sohibjonov)
8-tur. «Andijon» – «Metallurg» – 1:1 (Gol: Vladimir Bubanya)
9-tur. «Olimpik» – «Andijon» – 0:0
10-tur. «Andijon» – «Paxtakor» – 1:3 (Gol: Vladimir Bubanya)
11-tur. «Qizilqum» – «Andijon» – 3:3 (Gollar: Rustam Turdimurodov 2 ta, Levan Arveladze)
12-tur. «Dinamo» – «Andijon» – 1:1 (Gol: Bektemir Abdumannonov)
13-tur. «Andijon» – «Navbahor» – 3:0 (Gollar: Levan Arveladze (penalti), Rustam Turdimurodov, Ibrohim Yo‘ldoshev (avtogol).

«Andijon» o‘z uyida ham, safarda ham 11 ta gol urdi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, ikkita o‘yinni yirik hisobda yutishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘zbekiston Kubogi

Guruh bosqichi:
«Andijon» – «Dinamo» – 2:2 (Gollar: Sherzod Esanov, Rustam Turdimurodov)
«Navbahor» – «Andijon» – 2:1 (Gol: Armin Boshnyak)
«Andijon» – «Nasaf» – 1:0 (Gol: Bektemir Abdumannonov)

1/8 final:
«Olimpik» – «Andijon» – 0:1 (Gol: Rustam Turdimurodov)

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 00:03, 10.07.2024.
O'qildi: 645 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.