Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Faranglar darvozasida inqilob

Faranglar darvozasida inqilob

Baho:
+ | -

Uzoq yillar davomida Fransiya terma jamoasi yirik turnirlarda 2 nafar darvozabon - Ugo Lyoris va Stiv Mandandaning xizmatidan foydalanib kelgandi.

 Bu futbolchilar Rossiya mundialidan chempion maqomida qaytishgan, Qatarda va Yevro-2016da esa kumush medallarga sazovor bo‘lishgandi. Asosiy darvozabon maqomidagi Ugo sherigiga nisbatan ko‘proq maydonga tushib, yakunda «Uch ranglilar» tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazdi. Stiv esa Lyorisning ishonchli o‘rinbosari vazifasini ado etdi. Biroq so‘nggi JCHdan keyin bu ikki afsona terma jamoani tark etishdi. 37 yoshli Lyoris hozir «Los-Anjeles» sharafini himoya qilmoqda, «Marsel»ni tark etgan 39 yoshli Stiv esa yaqingacha «Renn» tarkibida ishonchli to‘p surdi. Oqibatda, Didye Desham Yevro-2024 turniriga Bris Samba, Mayk Menyan va Alfons Areolyani olib ketdi.

«Ikkinchi Lama»

Mayk Menyan zayavkada 16-raqam ostidan qayd etilgan bo‘lsada, Asvtriyaga qarshi start bellashuvi va Niderlandiyaga qarshi jiddiy o‘yinlarda aynan u «uch ranglilar» darvozasini himoya qildi. Agar salomatligi pand berib qo‘ymasa, keyingi o‘yinlarda ham maydonga tushishiga shubha yo‘q. So‘nggi JCHni Mayk aynan jarohat tufayli o‘tkazib yuborgandi. Fransiyaning dengizorti hududi bo‘lmish Gvianada tavallud topgan darvozabon uchun o‘tgan mavsum ham omadsiz bo‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi bosqichda goh beli, goh oyog‘i shikastlanib turdi. Biroq hozir Mayk Germaniyada, jarohatlar ortda qolgani rost bo‘lsin, ishqilib.

28 yoshga chiqqunga qadar Menyan terma jamoa libosida 16 marta maydonga tushdi. Bir qarashda, juda oz. Lekin Ugo Lyorisning gegemonlik davrini ham unutmaslik lozim. Terma jamoadagi tajriba tanqisligini Mayk «Lill» va «Milan»dagi ishtiroki bilan to‘ldirib oldi. Shuningdek, xalqaro musobaqalar ham yaxshi samara berdi. Menyan Liga 1 va «A» seriyasida chempionlikka erishdi. Faqat nima uchun «PSJ» unga e’tibor bermaganligini tushunish qiyin. Axir Mayk Parij grandining afsonasi Bernar Lamani eslatadi. Uni ko‘pincha «Ikkinchi Lama» deyishadi. Gap uning jahon va Yevropa chempioniga vatandosh ekanligida emas - Lama ham Gviana farzandi O‘zining yurtdoshi kabi, juda chaqqon harakatlanadi. Bundan tashqari, Bernarga nisbatan ancha barqaror o‘ynaydi.

«Men iloji boricha ortiqcha effektlarga berilmay, oddiy to‘p surishga intilaman», - degandi Mayk o‘z intervyularidan birida. Biroq intizomsizlik va qiziqqonlik xislatlari unga xalal beradi. So‘nggi mavsumda u  o‘z darvozasidan nisbatan ancha ko‘p - 49ta to‘p o‘tkazib yubordi. Shuningdek, bir marta maydonni ixtiyoriy ravishda tark etgani ham rost - «Udineze»ga qarshi bahsda u raqib jamoa muxlislarining irqchilikka oid haqoratlariga chiday olmagandi. Kiyinish xonasiga yo‘l olgan posbonni jamoadoshlari maydonga qaytarishgan bo‘lsada, jamoa chempion bo‘la olmadi, Mayk esa qatorasiga 3-marta «A» seriyasining eng yaxshi darvozaboni bo‘lish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi.

Menyan oyoqlari bilan yaxshi o‘ynaydi

Bunga uning futbolga hujumchi sifatida kirib kelgani va tasodifan «PSJ»ning bolalar jamoasida paydo bo‘lgani sababchi. Mayk o‘z uslubini quyidagicha ta’riflagandi: «Men uchun o‘z rolimdan tashqariga chiqishni xush ko‘raman, o‘yinim jarima maydonchasi bilan cheklanib qolmaydi, raqibning harakatlarini oldindan payqash uchun, jamoadoshlarim bilan gaplashib turaman. Men doimo shunday mentalitet bo‘lgan, o‘zim yaxshi o‘ynab, jamoam mag‘lub bo‘lishini yoqtirmayman».

Bundan tashqari, Mayk jamoadoshlariga ko‘rsatmalar berib, himoyani ham mohirona boshqaradi. Demak, terma jamoada ham jim turmasligi aniq. Boz ustiga, fransuzlar himoya chizig‘i turnirdagi eng puxta chiziqlardan biri. Ya’ni, Menyanda to‘xtovsiz hujumlar girdobida qolmaslik e’timoli yuqori.

O‘zini o‘zi tiklagan inson

«Lans» posboni Bris Samba terma jamoa qaydnomasiga 1-raqam ostida kiritilgan. Kongolik futbolchi 4 yilni «Marsel»ning zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazib, boshqa kongolik kasbdoshi - Stiv Mandanda o‘yinlarini kuzatdi. Aytgancha, ular - vatandoshlar emas. Stiv poytaxti Kinshasa bo‘lgan Kongo Demokratik Respublikasi fuqarosi, Bris esa poytaxtlikka Brazzavilni tanlagan Kongo Respublikasida tug‘ilgan.

Afrikalik kasbdoshlar munosabati juda ajoyib bo‘ldi. Stiv mahorat sirlarini Brisdan qizg‘anmadi. Lekin o‘ziga sherik bo‘lishini istamadi. «Marsel» darvozasini qo‘riqlash Sambaga nasib etmadi, «Nansi»dagi ijara esa muvaffaqiyat keltirmadi. Albatta, Bris zaxira darvozani maqomiga rozi bo‘lishi va nafaqaga chiqishi ham mumkin edi. Biroq u kamtarin «Kan»ni tanladi. To‘g‘ri, dastlabki bir yilni u zaxirada o‘tkazdi, lekin «Marsel»da terma jamoa posboni bilan o‘rin talashishdan ko‘ra «Kan»da Remi Verkutr bilan bellashish osonroq ekanligini Samba tushunib turardi. Uning baxtiga, 2018 yilda Remi faoliyatini yakunladi va Bris maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ha, xatolarga yo‘l qo‘ydi, to‘plarni o‘tkazib yubordi, lekin ba’zan ishonchli o‘yinlarni namoyish etdi. Garcha jamoa Liga 1ni tark etgan bo‘lsada, shaxsan Bris ijobiy baho oldi va tez orada «Nottingem Forest» taklifini qabul qilib, «Kan»ga 4 mln. yevro daromad keltirdi.

Aynan Nottingemdagi 3 yil ichida Samba mohir darvozabonga aylandi. Unda o‘z mahoratiga ishonch paydo bo‘ldi, maydonda afrikaliklarga xos bo‘lmagan sovuqqonlik bilan to‘p surishga odatlandi. Va nihoyat, Bris 23 yil avval APLni tark etgan YECHKning 2 karra sohibini elitaga qaytardi. Shundan keyin Afrika o‘g‘loni yorug‘ yuz bilan «Lans»ga qaytdi. Endi u avvalgi Bris Samba emasdi. Uning ko‘magida jamoa atigi 29ta gol o‘tkazib, Liga 1ning kumush medallarini qo‘lga kiritdi. Posbon esa Fransiya terma jamoasidan chorlov oldi.

Daydi ijarachi

Mayk Menyan kabi Alfons Areolya ham «PSJ» tarbiyalanuvchisi. Lekin Maykni parijliklar o‘smirlik chog‘ida yaroqsizga chiqargan bo‘lsalar, Alfons poytaxt klubini 2 yil avval tark etdi. O‘sha paytda Areolya jahon chempioni hisoblanardi. Nima uchun hisoblanardi? Chunki u terma jamoa tarkibida 1 daqiqa to‘p surmasdan shohsupaga ko‘tarilgan.

Filippinliklarga xos bo‘lmagan daroz (195 sm.) yigit doimo «PSJ»da o‘ynashni orzu qilardi. Biroq poytaxt klubi ishonch bildirishga oshiqmay, uni goh «Lans»ga, goh «Bastiya» yoki «Vilyarreal»ga «surgun» qilib turardi. Alfons hatto «Real»da ham bo‘lgan, lekin maydonga tushgan emasdi. Faqat 2016G‘17 yillar mavsumida u Kevin Trapp o‘rnini egallashga muvaffaq bo‘lgan va 1,5 yil to‘liq to‘p surgandi. Ana shu ishtiroki evaziga u fransuzlarning g‘alabasi bilan yakunlangan JCHga 3-darvozabon maqomida yo‘l olgandi. Biroq keyin jahon chempionining baxtiga qarshi, «PSJ» Janluiji Buffonni xarid qildi, Buffon ketgach, uning o‘rniga Keylor Navas keldi, yana Alfons ishsiz qoldi.

Taajjubki, Fabyen Bartez, Bernar Lama va Stiv Mandanda o‘rnasha olmagan Angliyada Areolya ham Lyoris kabi o‘ziga ish topa oldi. Ya’ni, «Vest Xem»dagi ijaradan keyin, 2022 yilda «bol­g‘achilar» posboniga aylandi. «PSJ» bu xariddan 12 mln yevroga ega bo‘ldi. Avvaliga Areolya Lukash Fabyanski «soya»sida qoldi. Lekin jamoaning KLdagi zafaridan keyin, fransiyalik darvozabonning asosiy tarkib bo‘lishi hech kimda shubhaga o‘rin qoldirmadi.

Areolyaning Yevro-2024 turniridagi imkoniyati yo‘q hisobida. Terma jamoada 3-darvozabon maqomiga u ko‘nikib qoldi, lekin medallardan voz kechmaydi. Boz ustiga, u Rossiyadan JCHning oltin, Qatardan esa kumush medallari bilan qaytgan.

 S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:44, 10.07.2024.
O'qildi: 1388 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.