Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Sautgeyt: "Finalda turnirning eng kuchli jamoasiga qarshi o‘ynaymiz"

Sautgeyt: "Finalda turnirning eng kuchli jamoasiga qarshi o‘ynaymiz"

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Ispaniyani Yevro-2024dagi eng kuchli jamoa deb hisoblaydi. Seshanba kuni ispanlar fransuzlar qarshiligini sindirishdi (2:1), oradan bir kun o‘tib inglizlar Niderlandiyani xuddi shu hisobda mag‘lub etishdi.

Turnir g‘olibi 14 iyul kuni aniqlanadi, final o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 23:59ga belgilangan.

"Biz bu yerga tarix yaratish uchun kelganmiz. Bizni aql bovar qilmaydigan darajada qiyin o‘yin kutmoqda - biz ayni damda turnirning eng yaxshi jamoasiga qarshi maydonga chiqamiz. Biz kurashamiz", - dedi Sautgeyt UYEFA matbuot xizmatiga.

Angliya terma jamoasi ketma-ket ikkinchi marta Yevropa chempionati finalida ishtirok etadi. Bundan uch yil avval Garet Sautgeyt shogirdlari Italiyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgandi.

Kiritildi: 09:22, 11.07.2024.
O'qildi: 848 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик