Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Miranchuk "Atalanta"dan "Atlanta"ga o‘tadimi?

Miranchuk "Atalanta"dan "Atlanta"ga o‘tadimi?

Baho:
+ | -

Italiyalik insayder Janluka Di Marsio "Atalanta" futbolchisi Aleksey Miranchukning MLSning "Atlanta Yunayted" klubiga o‘tishi haqidagi yangi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Unga ko‘ra, har ikki klub ham transfer summasini kelishib olgan va futbolchining transferi bo‘yicha to‘liq kelishuv mavjud. Biroq, Di Marsio ta’kidlaganidek, Alekseyning o‘zi hali "Atlanta Yunayted" futbolchisi bo‘lish-bo‘lmasligi haqida bir qarorga kelmagan.

Avvalroq OAVda transfer summasi 11 million yevro atrofida bo‘lishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. O‘tgan mavsumda Miranchuk "Atalanta" libosida 42 marta maydonga tushib, 4 gol va 12 golga assistentlik qilgan.

Kiritildi: 12:30, 12.07.2024.
O'qildi: 631 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик