Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

FA rahbarlari Sautgeyt bilan yangi shartnoma imzolashini istashmoqda

FA rahbarlari Sautgeyt bilan yangi shartnoma imzolashini istashmoqda

Baho:
+ | -

FA rahbarlari Garet Sautgeytning Yevro-2024 finali natijasidan qat’i nazar, Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida qolib, yangi shartnoma imzolashini istashmoqda.

Ularning faoliyati muntazam tanqid qilinsa-da, Angliya Yevro-2024 finaliga chiqdi va u yerda yakshanba kuni Ispaniyaga qarshi o‘ynaydi.

Germaniyadagi turnir oldidan ham Sautgeyt, agar u kubok bilan uyga qaytolmasa, ketishiga to‘g‘ri kelishini aytgandi, ammo assosiasiya final o‘yinidan qat’i nazar, Garet bilan ishlashni davom ettirishga qaror qildi, deya xabar beradi Daily Mirror nashri.

Sautgeytning amaldagi shartnomasi dekabr oyida tugaydi va FA Garetga JCH-2026ni qamrab oladigan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Assosiasiya Eddi Xau va Grem Potter haqidagi mish-mishlarga qaramay, Sautgeytning o‘rniga munosib nomzodni ko‘rmayapti.

Sautgeytning o‘ziga klub darajasida yana urinib ko‘rish g‘oyasi yoqadi, ammo oldingi oylarda unga astoydil murojaat qilgan "Manchester Yunayted" varianti endi mavjud emas.

Kiritildi: 13:34, 12.07.2024.
O'qildi: 468 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.