Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

"MYU" yozda uchta markaziy himoyachi xarid qilmoqchi

"MYU" yozda uchta markaziy himoyachi xarid qilmoqchi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yozda uchta markaziy himoyachini sotib olishga harakat qilmoqda.

"Manester Yunayted" yoz boshida Rafael Varan bilan xayrlashdi. Shu bilan birga, Garri Maguayr va Viktor Lindelyofning "Old Trafford"dagi kelajagi shubha ostida qolmoqda va Jonni Evansning iyun oxirida tugagan shartnomasi haligacha uzaytirilmagan.

Markaziy himoyachilar orasida "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik Ten Xag faqat Lisandro Martinesga tayanishi mumkin, ammo u jarohati tufayli o‘tgan mavsumning ko‘p qismini o‘tkazib yubordi.

Shu bois "MYU" birdaniga uchta yangi futbolchini olib kelmoqchi, deb xabar beradi Sky Sports. Ulardan birinchisi "Bavariya" a’zsi Matteys De Ligt bo‘lishi kutilmoqda.

"Manchester Yunayted" "Bavariya" bilan ijobiy muzokaralar olib bordi va 24 yoshli niderlandiyalik futbolchi Manchesterga o‘tishiga rozi bo‘ldi.

Bunga parallel ravishda "Manchester Yunayted" boshliqlari o‘z klubi 50 million funt sterlinglik taklifi muvaffaqiyatsizlikka uchragan 22 yoshli Jarrad Brentueyt uchun uchinchi taklifni ilgari suradimi yoki yo‘qligini muhokama qilishmoqda.

"Manchester Yunayted"ning uchinchi maqsadi - Leni Yoro. 18 yoshli fransiyalik futbolchi "Real"ni afzal ko‘radi, ammo "qizil iblislar" qat’iyatli va uning narxini 42 million funtga kelishib olishdi.

Kiritildi: 15:05, 12.07.2024.
O'qildi: 4231 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.