Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

"Chelsi"ning yangi futbolchisi: "O‘zimni aqlli, tajovuzkor futbolchi deb bilaman"

"Chelsi"ning yangi futbolchisi: "O‘zimni aqlli, tajovuzkor futbolchi deb bilaman"

Baho:
+ | -

"Chelsi"ning yangi futbolchisi Renatu Veyga "ko‘klar" tarkibiga qo‘shilgani haqida fikr bildirdi.

Bir kun avval "Chelsi" Veygani "Bazel"dan 12 million funt sterlingga sotib olganini e’lon qildi. Angliya 20 yoshli portugaliyalik futbolchi yashash imkoniyatiga ega bo‘lgan beshinchi davlatga aylandi.

Veyga besh tilda, jumladan, ingliz tilida so‘zlashadi va bir nechta pozisiyalarni o‘ynashga qodir. Avvalo, Renatu o‘zini "buzg‘unchi" sifatida ko‘radi.

"Men aqlli, tajovuzkor o‘yinchiman. Menga to‘p bilan ishlash qulay va ko‘p qirraliligim hisobga olinsa, o‘zimni to‘laqonli o‘yinchi deb ta’riflagan bo‘lardim. Men maydonda ko‘p pozisiyalarda o‘zimni yaxshi his qilaman. Sevimli pozisiyam bor demagan bo‘lardim. Chunki bu taktik elementlarga bog‘liq, lekin men chap qanot, markaziy himoya va yarim himoyachi sifatida o‘ynadim.

Menga himoyalanish juda yoqadi, kattaligim va jismoniy kuchimdan foydalanaman, bundan rohat olaman. Menga to‘p bilan yoki to‘psiz o‘yinni nazorat qilish yoqadi", - dedi Veyga "Chelsi" rasmiy saytiga.

Kiritildi: 13:46, 13.07.2024.
O'qildi: 1736 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.