Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

"Yuventus" Portugaliya terma jamoasi futbolchisiga ko‘z tikmoqda

"Yuventus" Portugaliya terma jamoasi futbolchisiga ko‘z tikmoqda

Baho:
+ | -

"Yuventus" shartnomasi kelasi yili tugaydigan va tomonlar haligacha shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmagan Federiko Kyezaga o‘rinbosar qidirmoqda.

Bu o‘rin uchun asosiy da’vogar "Manchester Yunayted"ning vingeri Jeydon Sancho hisoblangan. Bu pozisiyaga Meyson Grinvud va Karim Adeyemi ham ko‘rib chiqilmoqda. Ammo La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, Turin klubi "Portu" yarim himoyachisi Fransishku Konseysauni ham kuzatib turibdi.

Portugaliyalik yosh futbolchining "Portu" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning qiymati, Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, 22 million yevroni tashkil qiladi. U Yevro-2024da Portugaliya terma jamoasiga chaqiruv oldi va turnirda Chexiya terma jamoasiga gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Italiyada Konseysau familiyasi juda mashhur, chunki Fransishkuning otasi Serjio 1998 yildan 2004 yilgacha "Lasio", "Parma" va "Inter"da o‘ynagan.

Kiritildi: 14:19, 13.07.2024.
O'qildi: 1432 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.