Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Sudanga tabrik – bu irqchilik alomati...

Sudanga tabrik – bu irqchilik alomati...

Baho:
+ | -

Ruminiyada Niderlandiya milliy jamoasini haqoratlashdi, «lolaranglar» esa bunga maydonda munosib javob berishdi.

Ya’ni 2 iyul kuni Yevro-2024 1/8 finalida Ruminiya termasi bilan to‘qnash kelgan Ronald Kuman drujinasi raqibni ortiqcha qiyinchiliksiz yengdi - 3:0. Dortmund «Borussiya»si hujumchisi Doniell Malen «dubl» qayd etgan bo‘lsa, «Liverpul» vakili Kodi Gakpo 1ta gol muallifiga aylandi. Ruminiya termasi futbolchilari ushbu mag‘lubiyatni to‘g‘ri qabul qilishdi, ular hatto kiyinish xonasini tozalab, u yerda Yevro-2024 tashkilotchilariga minnatdorchilik maktubi qoldirishdi. Ammo Bolqon mamlakatining o‘zida boshqacha kayfiyat barq urdi...

Ha, Ruminiyada 1/8 finaldagi 0:3ga hamma ham xotirjam qaragani yo‘q. O‘zi ruminlar o‘yindan oldinoq ijtimoiy tarmoqlarda Niderlandiya tomoniga hujum boshlagandilar. Xususan. «Tvitter» (hozirgi X) tarmog‘ida 20 ming obunachiga ega Daily Romania («Ruminiya kundaligi») nomli akkauntda niderlandiyaliklarni tahqirlovchi bayonot paydo bo‘ldi: «Ruminiya termasining 1/8 finaldagi raqibi - Sudan... Oh, kechirasizlar, Niderlandiyani nazarda tutyapman». O‘yindan so‘ng esa ayni shu profilda ikki terma jamoa surati berildi yana haqoratomuz izoh bilan: «Rumi­niyani mag‘lubiyatga uchratgan Sudanni tabriklaymiz! Biroq o‘yinda kimdir Niderlandiya termasini ko‘rdimi? Men esa shu jamoaga qarshi o‘ynashimiz kerak, deb o‘ylagandim».

«Lolalanglar» safida qora tanli futbolchilar ko‘pligini nazarda tutsak, Daily Romania izohida irqchilik kayfiyati yaqqol barq urib turibdi. Biroq Kuman shogirdlarining hech biri Sudan yoki Janubiy Sudanga aloqador emas. Niderlandiya milliy jamoasi safida ajdodlari Lotin Amerikasi mamlakati - Surinam (Virjil van Deyk, Xavi Simons, Jorjinyo Veynaldum), shuningdek, Afrikaning boshqa davlatlariga taqaladigan futbolchilar bor. Masalan, Togo (Kodi Gakpo), Kot-d~Ivuar (Natan Ake) va Gana (Memfis Depay, Jeremi Frimpong)­ni tilga olish mumkin. Umuman, niderlandlar azaldan asli surinamliklarga alohida e’tibor qaratishadi. 

Yana bir tomoni, Niderlandiya matbuoti har ikki xabarni mutlaqo e’tiborsiz qoldirdi, «Tvitter» foydalanuvchilari ularni qizg‘in muhokama qilgan bo‘lsalarda. Sudanda esa ushbu kamsituvchi bayonotlarga o‘z o‘rnida reaksiya bildirildi. Masalan, Sudan milliy jamoasi sobiq murabbiyi Burhon Tia Daily Romania profilini keskin qoraladi: «Barcha dinlar va sivilizasiyalashgan jamiyatlar irqchilikka qarshi kurashmoqda. Dunyoning mukammallik standartlari teri rangi bilan ifodalanmaydi. Biz Ruminiya termasi mag‘lubiyatidan xursandmiz, chunki tajovuzkor post chop etgan veb-sayt yo‘q joydan ruminlarga nisbatan nafrat hissi uyg‘otdi». Bundan tashqari, «Al-Merreyx» (Sudan) klubi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Kodi Gakponi Ruminiya milliy jamoasi libosida aks ettirib, oddiy izoh qoldirdi: «Hammasi qanday o‘tdi?»

 A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:00, 14.07.2024.
O'qildi: 913 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик