Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Milan 1-1 Roma
30/12 22:30 Komo 2-0 Lechche
31/12 00:45 Bolonya - Verona
31/12 00:45 Ipsvich - Chelsi
31/12 00:45 Aston Villa - Brayton
31/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl

Sautgeyt: "Mag‘rur ingliz sifatida Angliya terma jamoasida o‘ynash va uni boshqarish bir umrlik sharaf"

Sautgeyt: "Mag‘rur ingliz sifatida Angliya terma jamoasida o‘ynash va uni boshqarish bir umrlik sharaf"

Baho:
+ | -

Garet Sautgeyt Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketganidan keyin muxlislarga murojaat qildi.

Sautgeyt Angliya terma jamoasini 2016 yildan buyon boshqarib keldi. U terma jamoa boshchiligida 102 o‘yin o‘tkazgan.

"Mag‘rur ingliz sifatida Angliya terma jamoasida o‘ynash va uni boshqarish bir umrlik sharaf edi. Bu men uchun hamma narsani anglatardi va men unga borimni berdim.

Ammo o‘zgarishlar va yangi bobning vaqti keldi. Yakshanba kuni Ispaniyaga qarshi Berlindagi final mening Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi so‘nggi o‘yinim bo‘ldi.

Men 2011 yilda Angliya futbolini yaxshilash niyatida futbol uyushmasiga a’zo bo‘ldim. Shu vaqt ichida, jumladan, sakkiz yil Angliya erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida meni bir qancha ajoyib insonlar qo‘llab-quvvatladilar, ulardan chuqur minnatdorman.

Stiv Xollanddan yaxshiroq sherigim bo‘lishi mumkin emas edi. U o‘z avlodining eng iqtidorli murabbiylaridan biri va katta ta’sir ko‘rsatdi.

Men 102 o‘yindan ortiq o‘yinchilar guruhini boshqarish sharafiga muyassar bo‘ldim. Ularning har biri "Uch sherlar" libosini kiyishdan faxrlanib, o‘z yurtiga ko‘p jihatdan namuna bo‘ldi.

Biz Germaniyaga olib kelgan tarkib qiziqarli yosh iqtidorlarga to‘la va ular barchamiz orzu qilgan sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin. Men ular bilan faxrlanaman va umid qilamanki, biz "Sent-Djordjes-Park" va Futbol uyushmasi o‘yinchilari va jamoasini qo‘llab-quvvatlay olamiz, chunki ular har kuni ingliz futbolini yaxshilash va futbolning ijobiy o‘zgarishlar uchun kuchini tushunishga intilishadi.

O‘tgan sakkiz yil davomida meni va futbolchilarni tinimsiz qo‘llab-quvvatlagan yordamchilarga minnatdorchilik bildiraman. Ularning mehnatsevarligi va fidoyiligi meni har kuni ilhomlantirdi va men ularga – ajoyib "jamoa ortidagi jamoa"dan juda minnatdorman.

Bizda dunyodagi eng yaxshi muxlislar bor va ularning qo‘llab-quvvatlashi men uchun hamma narsani anglatardi. Men Angliyaga muxlisman va doim shunday bo‘lib qolaman.

Men o‘zgacha yangi xotiralar yaratayotgan va xalqni ilhomlantirgan o‘yinchilarni tomosha qilishni va ularni nishonlashni orziqib kutaman.

Hammasi uchun rahmat, Angliya", - dedi Sautgeyt o‘z bayonotida.

Kiritildi: 15:33, 16.07.2024.
O'qildi: 1023 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.