Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Maskerano: "Har bir mamlakat madaniyatini tushunishimiz kerak"

Maskerano: "Har bir mamlakat madaniyatini tushunishimiz kerak"

Baho:
+2 | -

Xavyer Maskeranoning aytishicha, Enso Fernandesning videosi kontekstdan tashqaridan yulib olingan.

Finalda Argentina Kolumbiyani mag‘lub etgan (1:0, qo‘shimcha bo‘lim) va g‘alabani nishonlash chog‘ida futbolchilar Fransiya terma jamoasi o‘yinchilari haqida haqoratomuz qo‘shiq aytishdi. Ushbu videoni Argentina va “Chelsi” terma jamoasi yarim himoyachisi Enso Fernandes ijtimoiy  tarmoqqa joylashtirgan, biroq ko‘p o‘tmay translyasiyani to‘xtatib qo‘ygan.

“Argentinada biz qabul qilmaydigan bir narsa bo‘lsa, bu irqchilikdir. Men Ensoni bilaman, u zo‘r yigit, unda bunday muammolar yo‘q.

Ko‘pincha bayram paytida siz videoning bir qismini olib, uni kontekstdan yulib tashlashingiz mumkin. Biz hamma e’tibor qaratadigan mamlakatmiz.

Argentinada dunyoning turli burchaklaridan kelgan odamlar yashaydi va biz ularni hurmat bilan kutib olamiz.

Ba’zan har bir mamlakat madaniyatini tushunishimiz kerak, ba’zida biz hazil sifatida qabul qilgan narsa boshqa joyda noto‘g‘ri talqin qilinishi mumkin.

Enso ijtimoiy tarmoqlarda ham kechirim so‘ragan", – dedi "Barselona"ning sobiq futbolchisi Maskerano.

Kiritildi: 23:43, 17.07.2024.
O'qildi: 1059 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик