Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Real" futbolchilar transferida aqlli yo‘l tutadi

"Real" futbolchilar transferida aqlli yo‘l tutadi

Baho:
+ | -

«Real»ning bir odati bor - raqobat tufayli futbolchiga majburan oshiqcha pul to‘lashni istamaydi. Avval futbolchi bilan kelishib, faqat «Real»ga o‘tishga ko‘ndiradi  uyog‘iga, bir o‘zi qolgach, kuchli pozisiya evaziga istagan narxiga klubni rozi qiladi. Bu fishka ko‘pincha, shartnoma muddati bir yil qolgan futbolchilarga ishlaydi. Futbolchi «Real»ga o‘tmoqchi bo‘lib, yangi shartnomaga ko‘nmagach, klub tekin bermaslik uchun «Real» narxiga ko‘nishdan boshqa chorasi qolmaydi.

Oxirgisi Kamavinga bilan bo‘lgandi. 18 yoshida Fransiya terma jamoasida debyut qilgan futbolchini atigi 30 million yevroga olgan. 31 avgust kuni  kelishuv amalga oshgan, bir kun kech qolinganda, «Renn» o‘z yulduzi uchun pul ololmay qolardi.

Eng mashhur voqea Krishtianu bilan bog‘liq. Aleks Fergyuson o‘z avtobiografik kitobida batafsil yozgan:

2008 yilda «MYU» Chempionlar Ligasini yutgach, Ronaldu «Real»ga o‘tishga qaror qiladi. Madridliklar bilan kelishgach, MYU bilan bir yil muddat qolgan shartnomasini uzaytirmaydi. Inglizlar ham transferga rozi bo‘lishadi. Ammo «Real» «Oltin to‘p»ning yagona nomzodiga 30 million yevro taklif qiladi. «MYU» bir yil o‘tib tekinga qo‘yib yuborishni istamasligini bilgan «Real»ning qo‘lida kozir bor edi - Ronalduning istagi.

Ammo yana bir muhim faktor bor ediki, «Real» hisobga olmadi. Krishtianu o‘z faoliyati uchun Fergyusondan o‘zini qarzdor bilar, otasidek yaxshi ko‘rardi. Fergyuson bu shartlarda Ronalduni «Real»ga ketishiga aslo rozi bo‘lmasdi. U Ronalduga yana bir yil qolishni so‘raydi - «o‘g‘lim, sen «Real»ga o‘tasan, lekin bu safar emas, men seni Kalderonga sotmayman» deydi.

Ronaldu qoladi va mavsum boshida yangi shartnoma ham tuzadi. Bir yil o‘tib «MYU» Ronalduni o‘zi istagan narxda, salkam yuz millionga sotishga erishadi. U paytda Kalderon o‘rnini Peres egallagandi.

Leni Yoro bilan ham o‘xshash voqea sodir bo‘ldi. «Real» Yoroning Madridni xohlayotganidan foydalanib, «Lill»ga yo 25 million beramiz yo kelasi yili tekinga olamiz, dedi. Tarkibida uch nafar top markaziy himoyachisi bo‘lgan «Real» uchun bu transfer shoshilinch emas. Go‘yoki fransuz klubida boshqa variant qolmadi.

Ammo «MYU» vaziyatga aralashib, juda tez harakat qilgani hammasini buzib yubordi. Klub «Lill»ga 50 million yevro taklif qildi. Tabiiyki, fransuzlar «Real»ning changalida qolib ketishni istamay, Leni Yoroni Manchesterga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qildi. Yosh futbolchi o‘zi ulg‘aygan klub uchun ham yaxshi yakun bo‘lishini istaydi, albatta.

Fransuzlar «Real»ning oldidan o‘tgan bo‘lishiyam shubhasiz. «Real» o‘sha pulni bersa, futbolchi yana Madridni tanlashiyam aniq. Ammo yuqorida aytganimdek, «Real» kuchaytirilishi ayni paytda shart bo‘lmagan pozisiya uchun 50 million sarflamaydi, ikkinchidan, klub raqobat auksionida ortiqcha pul to‘lashga odatlanmagan.

Manba: @aslanov_futbol
Kiritildi: 15:31, 18.07.2024.
O'qildi: 2354 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.