Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Atletiko" prezidenti Feliksni mashg‘ulotlarda kutmoqda

"Atletiko" prezidenti Feliksni mashg‘ulotlarda kutmoqda

Baho:
+ | -

"Atletiko Madrid" prezidenti Enrike Sereso Joau Feliksning jamoaga qaytishi haqida gapirdi.

Portugaliyalik futbolchi "Barselona"da ijara asosida o‘tkazgan bir mavsumdan so‘ng "matraschilar"ga qaytadi. Forvard doimiy ravishda Kataloniya klubiga o‘tishni afzal ko‘rishini tan oldi, ammo u "Atletiko"da yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘radiganga o‘xshaydi.

“Biz Feliksning bizga qo‘shilishini kutmoqdamiz, chunki u bizning futbolchilarimizdan biri. Joau ajoyib futbolchi. U qayerga bormasin muvaffaqiyatga erishadi, shubhasiz. Hozir biz uning nima istayotganini tushunishimiz kerak”, - dedi Sereso ispan jurnalistlariga bergan intervyusida.

Kiritildi: 05:49, 19.07.2024.
O'qildi: 1439 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.