Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

De Yong ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Mbappedan oldinda

De Yong ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Mbappedan oldinda

Baho:
+ | -

Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong Ispaniya La Ligasining 2024/2025-yilgi mavsumida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylandi.

Bu haqda Sapology moliyaviy portali xabar berdi.

Niderlandiyalik futbolchining soliqlardan tashqari maoshi yiliga 37,5 million yevroni tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rinda Kataloniya jamoasining polshalik hujumchisi Robert Levandovski, uning maoshi yiliga 33,3 million yevroni tashkil qiladi.

Uchinchi o‘rinda “Real”ning yangi futbolchisi Kilian Mbappe 31,3 million yevro maosh bilan bormoqda.

Kuchli o‘ntalikda yana besh nafar “Los-Blankos” futbolchisi ham bor: David Alaba (4-o‘rin), Jud Bellingem (6-o‘rin), Vinisius Junior (7-o‘rin), Federiko Valverde (9-o‘rin) va Tibo Kurtua (10-o‘rin). Beshinchi o‘rinda "Atletiko Madrid" klubining sloveniyalik darvozaboni Yan Oblak joylashgan. Sakkizinchi o‘rinda "Barselona" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan bor.

Kiritildi: 07:46, 19.07.2024.
O'qildi: 1110 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик