Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Emeri klub rahbariyatidan "Barselona" futbolchisini sotib olishni talab qilmoqda

Emeri klub rahbariyatidan "Barselona" futbolchisini sotib olishni talab qilmoqda

Baho:
+ | -

"Aston Villa" yangi mavsumda Chempionlar ligasida Angliya sharafini himoya qiladi. Shu faktni inobatga olgan Birmingem klubi yozgi transfer oynasida tarkibini kuchaytirish ustida faol ishlamoqda.

TodoFichajes nashri xabariga ko‘ra, "Aston Villa" ustozi Unai Emeri klubdan "Barselona"dan vinger Rafinyani sotib olishni so‘ragan. Rafinyaning "Aston Villa"ga o‘tishi taxminan 60 million yevroga tushishi mumkin.

Biroq, "Barselona" 27 yoshli braziliyalikning ketishini ma’qullaydimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas. Amaldagi shartnoma Rafinyani "Barselona" bilan 2027 yilning o‘rtalariga qadar bog‘laydi. Kataloniya klubi safida 87 ta o‘yinda maydonga tushgan braziliyalik futbolchi 20 ta gol urgan va jamoadoshlariga 25 ta golli uzatma bergan.

Kiritildi: 17:49, 19.07.2024.
O'qildi: 2971 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик