Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

"Yuve"da Kyeza bo‘yicha taklif yo‘q

"Yuve"da Kyeza bo‘yicha taklif yo‘q

Baho:
+ | -

"Yuventus"da qanot vingeri Federiko Kyeza bo‘yicha taklif yo‘q.

"Keksa sinyora" 26 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor, chunki jamoaning yangi bosh murabbiyi Tiago Motta uni rejalariga kiritmagan. Shartnomaning kelasi yil tugashi omili ham rol o‘ynaydi - turinliklar italiyalikni tekinga yo‘qotishni istamayapti. Biroq, insayder Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, hozircha hech qaysi klub Kyeza bo‘yicha taklif bilan chiqishga tayyor emas.

Futbolchiga "Napoli" va "Roma" qiziqish bildirishdi, biroq birinchisi boshqa nomzodlarga e’tibor qaratishga qaror qildi, ikkinchisi esa "Yuventus"ning boshqa bir vakili Matias Soule bo‘yicha muzokaralar yakunlanishini kutishni ma’qul ko‘rdi. “Inter” ham kurashda ishtirok etmoqda: milanliklar Kyezani erkin agent sifatida jalb qilish uchun kelasi yilga qadar kutishni rejalashtirmoqda. Xorij klublari ham 2020 yilgi Yevropa chempionini qo‘lga kiritishga shoshilmayapti.

Kiritildi: 07:54, 21.07.2024.
O'qildi: 563 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик