Kirish Ro'yxatdan o'tish

"MYU" "Arsenal"ning yosh iqtidoriga qiziqish bildirmoqda

"MYU" "Arsenal"ning yosh iqtidoriga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" "Arsenal"dan 16 yoshli hujumchi Chido Obi-Martinni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.

Xabar qilinishicha, "mankunianliklar" iqtidorli o‘smirning transferini tezroq yakunlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishmoqda. Bunga sabab Obi-Martinga Angliya Premyer-ligasidan ham, Germaniya Bundesligasidan ham qiziqish bor.

O‘tgan mavsumda Chido Obi-Martin "Arsenal" yoshlar jamoasi tarkibida barcha turnirlarda 26 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 16 yoshli hujumchi hali "kanonirlar"ning asosiy klubi safida debyut o‘tkazgani yo‘q.

Kiritildi: 13:22, 21.07.2024.
O'qildi: 1238 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик