Germaniyada Yevropa chempionati finali kuni teraktning oldi olindi.
The Sun nashrining yozishicha, polisiya reyd davomida ISHIDning uch nafar tarafdorini qo‘lga olgan.
Taxminlarga ko‘ra, ular minglab angliyalik muxlislar to‘plangan fan-zonada terakt uyushtirishni rejalashtirgandi.
Hozirda tergov harakatlari boshlangan. Qayd etilishicha, polisiya gumonlanuvchilarni avvalroq kuzatgan, chunki ular terror tashkiloti tarafdorlari bo‘lgan.