Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 15:10 Avstraliya 0-1 Bahrayn
05/09 15:35 Yaponiya 7-0 Xitoy
05/09 16:00 Janubiy Koreya 0-0 Falastin
05/09 19:00 O‘zbekiston 1-0 KXDR
05/09 21:00 Eron 1-0 Qirg‘iziston
05/09 21:00 Iroq 1-0 Ummon
05/09 21:00 Qatar 1-3 BAA
05/09 23:00 Iordaniya 1-1 Kuvayt
05/09 23:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Indoneziya
06/09 01:00 Boliviya 4-0 Venesuela
06/09 05:00 Argentina 3-0 Chili
07/09 04:30 Urugvay - Paragvay
07/09 05:45 Braziliya - Ekvador
07/09 06:30 Peru - Kolumbiya

O‘zimizning Mirzacho‘lda tug‘ilgan Yevropa chempionini bilasizmi? (mutolaa uchun)

O‘zimizning Mirzacho‘lda tug‘ilgan Yevropa chempionini bilasizmi? (mutolaa uchun)

Baho:
+ | -1

Dunyo futboli tarixi xilma-xil taqdirotlarga ega yulduzlar bilan ham boyroq ko‘rinadi.

Muayyan mamlakatda tug‘ilib-ulg‘aygan va keyinchalik umuman boshqa yurt terma jamoasi sharafini himoya qilganlar qanchadan-qancha...? Oxirgi yillar ayniqsa, Osiyo jamoalarida mahalliylashtirish jarayoni avj olayotgani ham bor gap. Lekin o‘ta sivilizasiyalashgan Yevropa futboli ham bunday ajib taqdirotlardan xoli emas. Oddiy misol, «ko‘hna qit’a» chempionatida Yevropa terma jamoalari safida g‘oliblik marrasiga yetgan, bu bilan kindik qonlari to‘kilgan mamlakat jahon miqyosida tanilishiga hissa qo‘shishgan o‘zga qit’alar vakillari ham yetarlicha topiladi. Oddiy misol, yaqindagina yakunlangan Yevro-2024da bizning Angrenda tug‘ilgan Anton Valdemar shunday futbolchilar safini kengaytirishi hech gap emasdi. Biroq Germaniya milliy jamoasi chorak finalda «qizil furiya» to‘sig‘idan o‘tolmadi va yaqindagina Dortmund «Borussiya»si safiga qo‘shilgan himoyachi aslida «ko‘hna qit’a»da tug‘ilmagan Yevropa chempionlari ro‘yxatiga kirishdan mosuvo bo‘ldi. Shunday bo‘lsada, O‘zbekistonda tug‘ilib, Yevropa chempioniga aylangan futbolchi bor, baribir.

Dunyo futboli tarixi xilma-xil taqdirotlarga ega yulduzlar bilan ham boyroq ko‘rinadi. Muayyan mamlakatda tug‘ilib-ulg‘aygan va keyinchalik umuman boshqa yurt terma jamoasi sharafini himoya qilganlar qanchadan-qancha...? Oxirgi yillar ayniqsa, Osiyo jamoalarida mahalliylashtirish jarayoni avj olayotgani ham bor gap. Lekin o‘ta sivilizasiyalashgan Yevropa futboli ham bunday ajib taqdirotlardan xoli emas. Oddiy misol, «ko‘hna qit’a» chempionatida Yevropa terma jamoalari safida g‘oliblik marrasiga yetgan, bu bilan kindik qonlari to‘kilgan mamlakat jahon miqyosida tanilishiga hissa qo‘shishgan o‘zga qit’alar vakillari ham yetarlicha topiladi. Oddiy misol, yaqindagina yakunlangan Yevro-2024da bizning Angrenda tug‘ilgan Anton Valdemar shunday futbolchilar safini kengaytirishi hech gap emasdi. Biroq Germaniya milliy jamoasi chorak finalda «qizil furiya» to‘sig‘idan o‘tolmadi va yaqindagina Dortmund «Borussiya»si safiga qo‘shilgan himoyachi aslida «ko‘hna qit’a»da tug‘ilmagan Yevropa chempionlari ro‘yxatiga kirishdan mosuvo bo‘ldi. Shunday bo‘lsada, O‘zbekistonda tug‘ilib, Yevropa chempioniga aylangan futbolchi bor, baribir.

O‘zga Qit’alarda tuG‘ilib, Yevropa chempioni bo‘lgan futbolchilar

Yevro-84: Jan Tigana. Mali (Afrika)da tug‘ilgan va Fransiya termasi safida zafar quchgan

Yevro-88: Aron Vinter. Surinam (Janubiy Amerika)da tug‘ilgan va Niderlandiya termasi safida zafar quchgan

Yevro-88: Jon van Sxip. Kanada (Shimoliy Amerika)da tug‘ilgan va Niderlandiya termasi safida zafar quchgan

Yevro-2000: Patrik Viyeyra. Senegal- (Afrika)da tug‘ilgan va Fransiya termasi safida zafar quchgan

Yevro-2000: Marsel Desayi. Gana (Afrika)da tug‘ilgan va Fransiya termasi safida zafar quchgan

Yevro-2000: Lilian Tyuram. Gvadelupa- (Shimoliy Amerika)da tug‘ilgan va Fransiya termasi safida zafar quchgan

Yevro-2000: Kristian Karambyo. Yangi Kaledoniya (Okeaniya)da tug‘ilgan va Fransiya termasi safida zafar quchgan

Yevro-2004: Dimitrios Papadopulos. O‘zbekiston (Osiyo)da tug‘ilgan va Gresiya termasi safida zafar quchgan

Yevro-2008: Markos Senna. Braziliya- (Janubiy Amerika)da tug‘ilgan va Ispaniya termasi safida zafar quchgan

Yevro-2016: Pepe. Braziliya (Janubiy Amerika)da tug‘ilgan va Portugaliya termasi safida zafar quchgan

Yevro-2016: Eder. Gvineya-Bisau (Afrika)da tug‘ilgan va Portugaliya termasi safida zafar quchgan

Yevro-2016: Danilo Pereyra. Gvineya-Bisau (Afrika)da tug‘ilgan va Portugaliya termasi safida zafar quchgan

Yevro-2016: Vilyam Karvalyu. Angola (Afrika)da tug‘ilgan va Portugaliya termasi safida zafar quchgan

Yevro-2020: Jorjinyo. Braziliya (Janubiy Amerika)da tug‘ilgan va Italiya termasi safida zafar quchgan

Yevro-2020: Emerson. Braziliya (Janubiy Amerika)da tug‘ilgan va Italiya termasi safida zafar quchgan

Yevro-2020: Rafael Toloi. Braziliya (Janubiy Amerika)da tug‘ilgan va Italiya termasi safida zafar quchgan.

Manba: Интерфутбол
Kiritildi: 23:00, 21.07.2024.
O'qildi: 14584 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.